«Eng kuchli» pasportlar reytingi. Singapur yetakchi, O‘zbekiston 80-o‘rinda
Henley Passport Index 2025 reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston pasportiga ega shaxslar 62 ta davlatga vizasiz kirishi yoki yetib borganidan keyin viza olishi mumkin. Taqqoslash uchun, qozog‘istonliklar 77 ta, qirg‘izistonliklar 64 ta, tojikistonliklar 58 ta, turkmanistonliklar esa 50 ta davlatga kirishda mana shunday imkoniyatgan ega.

Viza va fuqarolik olish masalalari bo‘yicha xalqaro konsultativ markaz – Henley & Partners dunyo mamlakatlari pasportining an’anaviy yillik reytingini e’lon qildi.
Reyting Xalqaro havo transporti assotsiatsiyasi bergan ma’lumotlar asosida tuzilgan. Unda davlatlarning fuqarolik pasporti o‘z egasiga nechta mamlakatga avvaldan viza olmasdan (umuman viza olmasdan yoki yetib borganidan keyin viza olgan holda) kirib borish imkonini berishi inobatga olingan.
2025 yilgi indeksda O‘zbekiston pasporti Kuba pasporti bilan birga 80-o‘rinni qayd etgan. Ushbu ikkita mamlakat fuqarolari 64 ta davlatga avvaldan viza olmay kirib boraverishi mumkin.
O‘zbekiston pasportining Henley Passport Index bo‘yicha oxirgi yillardagi pozitsiyasi:
- 2016 yil: 52 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-o‘rin;
- 2017 yil: 53 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 83-o‘rin;
- 2018 yil: 59 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 82-o‘rin;
- 2019 yil: 56 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-o‘rin;
- 2020 yil: 57 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 83-o‘rin;
- 2021 yil: 56 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 92-o‘rin;
- 2022 yil: 57 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 86-o‘rin;
- 2023 yil: 59 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 85-o‘rin;
- 2024 yil: 64 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 80-o‘rin;
- 2025 yil: 62 ta davlatga vizasiz borish imkoni, 80-o‘rin;
Reytingda birinchi o‘rinni Singapur pasporti egallagan. Henley kompaniyasiga ko‘ra, bu davlat fuqarolari 195 ta mamlakatga vizasiz borish huquqiga ega.
2024 yilda ham, odatdagidek, reytingda yuqori o‘rinlarni asosan Yevropa Ittifoqi davlatlarining pasportlari band qilgan:
- 1-o‘rin. Singapur – 195 ta davlat;
- 2-o‘rin. Yaponiya – 193 ta davlat;
- 3-o‘rin. Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Finlandiya, Janubiy Koreya – 192 davlat;
- 4-o‘rin. Avstriya, Daniya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Irlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, – 191 ta davlat;
- 5-o‘rin. Belgiya, Buyuk Britaniya, Portugaliya, Shveytsariya, Yangi Zelandiya – 190 ta davlat;
Shuningdek, Kanada pasporti bilan 188 ta davlatga, AQSh pasporti bilan 186 ta davlatga, BAA pasporti bilan 185 ta davlatga, Malayziya pasporti bilan esa 183 ta davlatga beruxsat kirib boraverish mumkin.
Sobiq ittifoq respublikalari orasida Estoniya (9-o‘rinni band etgan, ushbu davlat fuqarolari 186 ta davlatga vizasiz borish huquqiga ega) hamda Latviya va Litva (10-o‘rin, 185 ta davlat) eng yaxshi ko‘rsatkichga ega.
Ukraina pasporti 148 ta davlat, Gruziya pasporti 122 ta davlat, Rossiya va Turkiya pasporti esa 116 ta davlatga vizasiz kirish huquqini beradi.
Markaziy Osiyo respublikalarining pasport reytingi quyidagicha:
- 65-o‘rin. Qozog‘iston – 77 ta davlat;
- 78-o‘rin. Qirg‘iziston – 64 ta davlat;
- 80-o‘rin. O‘zbekiston – 62 ta davlat;
- 84-o‘rin. Tojikiston – 58 ta davlat;
- 92-o‘rin. Turkmaniston – 50 ta davlat.
Reytingni 26 ta davlatga vizasiz kirish imkonini berishi bilan Afg‘oniston pasporti yakunlab beradi. Undan avvalgi o‘rinlarda Suriya (27), Iroq (31), Pokiston (33) va Yaman (33) fuqaroligini tasdiqlovchi hujjatlar qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

23:12 / 24.06.2025
AQSh O‘zbekiston fuqarolarining viza arizalarini qariyb 65 foizini rad etdi

20:12 / 23.06.2025
Fors ko‘rfazi davlatlari «arab shengeni» joriy qiladi

16:33 / 19.06.2025