BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi
Bayram shousi doirasida 1,4 mingta dron yordamida ulkan daraxt va dengiz chig‘anog‘i shakli hosil qilindi.

Foto: The National News
BAAning Ras-al Xayma shahrida yangi yil shousi doirasida dronlar yordamida namoyish etilgan tomoshalarda ikkita Ginnes rekordi o‘rnatildi. Bu haqda amirlikning Turizmni rivojlantirish departamenti (RAKTDA) xabar berdi.
«Bu yilgi Yangi yil bayrami Ras al-Xaymaning 2024 yilda sayyohlik sohasidagi ajoyib yutuqlarining yorqin aksi bo‘ldi. Bayram shousi doirasida o‘rnatilgan ikkita Ginnes rekordi amirlikning innovatsion ruhi va madaniy o‘ziga xosligini namoyon etdi», — deydi RAKTDA rahbari Raki Fillips.
Rekordlar «Havoda dronlar yordamida eng katta daraxt shakli hosil qilingani» hamda «Havoda dronlar tomonidan hosil qilingan dengiz chig‘anog‘ining eng katta shakli» hisobiga o‘rnatilgan.
Our Story in the Sky shousi amirlik tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan. Sohil bo‘ylab to‘rt kilometrga cho‘zilgan maydonda 1,4 mingta dron, lazer va pirotexnika vositalari yordamida uch soatlik tomosha namoyish etilgan. Tomoshaning birinchi qismida amirlik ekotizimi, ikkinchisida dengiz merosi va marvarid olish jarayoni, uchinchisida esa dengizchilik tarixi haqida ma’lumot berilgan. Tomosha mushakbozlik bilan yakunlangan.
Ras-al Xaymada o‘tgan yili uyushtirilgan mushakbozlik ham ikkita nominatsiya bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan edi: suv va havodagi eng uzun mushakbozlik chizig‘i uchun.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi
Jahon | 14:30
-
O‘zbekistonda Avstriya kompaniyasi ishtirokida tog‘-chang‘i kurorti quriladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Daniya O‘zbekistonda bioprotein ozuqa qo‘shimchasini ishlab chiqaradi
O‘zbekiston | 14:23
-
YeK rahbari: Moldovaning YeIga qo‘shilishi barchani xavfsizroq qiladi
Jahon | 13:54
Mavzuga oid

22:41 / 04.07.2025
Turkiya va Belgiya Ukraina uchun «dronlar koalitsiyasi»ga qo‘shildi

08:13 / 02.07.2025
Britaniyalik qiz Atlantika okeanini qayiqda suzib o‘tib, uchta jahon rekordini o‘rnatdi

22:12 / 25.06.2025
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

21:38 / 16.06.2025