Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxonalarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi
2025 yil 1 yanvardan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
“Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2025 yil 1 yanvardan oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
- Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ta’lim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
2025 yil 1 yanvardan kasbiy ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish o‘quv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash bo‘yicha o‘quv kursi kiritiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Eron bilan urushga qarshi edi. Ammo endi fikrini o‘zgartirgan bo‘lishi mumkin
Jahon | 16:26
-
O‘zbekiston talabalariga Yaponiyada ishlash imkoni: Daiwa House va TKXU o‘rtasida strategik uchrashuv
O‘zbekiston | 16:00
-
Narpay tumanida 16 yoshli yigit suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 15:43
-
O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi to‘planadi
O‘zbekiston | 15:41
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

13:12 / 29.05.2025
Germaniyada hamshira sifatida ishlash uchun nomzodlar qabul qilinmoqda

10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin

00:46 / 06.05.2025