Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi
Prezident Zangiota tumanidagi Grand Pharm Logistics Hub faoliyati bilan tanishdi. Ushbu logistika markazi o‘n gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lib, uch qavatli ma’muriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Grand Pharm Logistics Hub faoliyati bilan tanishdi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.
Ushbu logistika markazi Tashkent Pharma Park innovatsion klasteri hududida o‘n gektar maydonda joylashgan. Loyihaning umumiy qiymati 40 million dollar bo‘lib, uch qavatli ma’muriy bino, omborlar, mehmonxona, oshxona va yotoqxona qurilgan. 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Mahsulotlarni saqlash joyi 50 ming kvadrat metr. Bu yerda katta hajmdagi farmatsevtika mahsulotlarini xalqaro standartlar asosida qabul qilish, saqlash va tarqatish imkoniyati mavjud. Bu bosqichlar to‘liq raqamlashtirilgan.
Davlat rahbari ushbu jarayonlarni ko‘zdan kechirdi.
Qayd etilishicha, logistika markazi Tashkent Pharma Park farmatsevtika klasteridagi boshqa ishlab chiqaruvchilarga ham qo‘l keladi. Mahsulotlarni saqlash va eksport qilishlarida xalqaro SAP tizimi orqali amaliy yordam beriladi. Buning uchun dori vositalari sifatini ta’minlash bo‘yicha GDP va GSP sertifikatlari hamda bojxona ombori, xalqaro yuklarni tashish uchun litsenziyalar mavjud.
Bu boradagi talablarni ta’minlash uchun xalqaro standartlarga muvofiq havoni sovitish tizimlari o‘rnatilgan. Yuklarni ortish paytida ham harorat mo‘’tadilligi ta’minlanadi. Yigirmadan ortiq yuk mashinalarida tashish xizmatlari ham ko‘rsatiladi. Majmuada bunday transportlar uchun turargoh va texnik xizmat ham tashkil etilgan.
Bugungi kunda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Germaniya, Polsha, Fransiya, Vengriya, Ruminiya va Turkiya kabi davlatlar bilan logistik aloqalar o‘rnatilgan. Bu geografiya yildan yilga kengayib bormoqda.
Mutasaddilarga mahsulotlarni saqlash va rasmiylashtirishda qulayliklarni oshirish, tannarxni kamaytirib, dorilarni arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
«Kompaniya farmatsevtika bozorini muntazam o‘rganib, tibbiyot sohasidagi ehtiyojlarni ham tahlil qilib boradi. Natijada yetkazib berish yo‘nalishi ko‘lami kengayib bormoqda. Ushbu korxona mamlakatimiz hududi bo‘ylab 7 ming 500 dan ortiq dorixonaga tovarlar yetkazib beradi. Shuningdek, onlayn dorixona xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu boradagi hamkorlar soni ham ortmoqda.
Bu yerda GPH Academy loyihasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilinmoqda. Uchta ta’lim dargohida amaliy mashg‘ulot xonalari tashkil etildi. Uch ming nafar farmatsevt malaka oshirish kurslaridan o‘tdi. O‘ttiz nafarga yaqin talaba ushbu loyihaning stipendiya va grantlariga ega bo‘ldi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi
Jahon | 00:02
-
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi
Jahon | 23:39 / 03.07.2025
-
Buxoroda shifokor pichoq bilan o‘zini jarohatlamoqchi bo‘lgan shaxsni zararsizlantirdi, bankdan 90 ming dollar talon-toroj qilganlar ushlandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:36 / 03.07.2025
-
Odam savdosida ayblangan o‘zbekistonlik ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:33 / 03.07.2025
Mavzuga oid

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi

07:50 / 27.12.2024