Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
«Hududgazta’minot» AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘i bo‘yicha tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.

Foto: Videodan kadr
Toshkent viloyatida gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va O‘zenergoinspeksiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reydlarda qonunbuzilish holatlari aniqlanmoqda.
Zangiota tumani «Istiqlol» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro K.B. o‘z xonadonida issiqxona tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichdan oldin o‘zboshimchalik bilan ulanib, 4 dona nostandart yondirgich orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 684 million so‘mlik zarar hisoblandi.
Yana bir holat Qibray tumanida qayd etildi. Tumanning «Obod» MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T. R. xonadonida issiqxona tashkil qilib, hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz quvuriga o‘zboshimchalik bilan ulanib, «zangori yoqilg‘i»dan noqonuniy foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi. Noqonuniy sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 291 million 926 ming so‘mlik zarar aniqlandi.
Noqonuniy holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

08:57 / 24.02.2025
616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

10:51 / 22.02.2025
270 mln so‘mdan ziyod gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

10:10 / 22.02.2025