Janubiy Koreya parlamenti prezidentni «zudlik bilan» hibsga olish haqidagi qonun loyihasini qabul qildi
Milliy assambleya harbiy holat e’lon qilishda ishtirok etgan 8 kishini hibsga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi.

Janubiy Koreya Milliy Assambleyasi (parlament) 3 dekabr kuni harbiy holat e’lon qilinganidan keyin prezident Yun Sok Yolni «zudlik bilan» hibsga olishni nazarda tutuvchi rezolyutsiya loyihasini qabul qildi.
Yonhap agentligi xabariga ko‘ra, Milliy assambleyada harbiy holat e’lon qilishda ishtirok etgan 8 kishini hibsga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tdi. Qaror loyihasi 190 ovoz bilan qabul qilindi, 95 ovoz unga qarshi bo‘ldi. «Zudlik bilan hibsga olish» tashabbusi ostidagi shaxslar orasida 8 kishi, jumladan, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol, sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va sobiq ichki ishlar vaziri Li San Min ham bor.
Avvalroq, Milliy assambleya yetarli ovoz to‘planmagani bois prezident Yun Sok Yolga impichment e’lon qilish haqidagi rezolyutsiyani qabul qila olmagan edi. Bu safar muxolifat uni hibsga olish haqidagi qonun loyihasini kun tartibiga qo‘ydi va qabul qilinishiga erishdi.
Prezident Yun Sok Yol 3 dekabr kuni muxolifatning «davlatga qarshi faoliyatga» aloqadorligini bahona qilib, harbiy holat e’lon qildi. Ammo parlament favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, harbiy holatni bekor etish haqidagi qarorni qabul qildi. Parlament qaroridan so‘ng, prezident o‘z fikrini o‘zgartirdi, Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishini chaqirdi va harbiy holat bekor etilganini rasman e’lon qildi. Keyinroq Janubiy Koreya prezidentiga «davlatga xiyonat» ishi bo‘yicha tergov olib borilayotgani uchun mamlakat tashqarisiga chiqish taqiqlandi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi
Jahon | 08:22
-
O‘zbekiston universiteti xalqaro reytingda eng kuchli 500 ta OTM qatoridan joy oldi
O‘zbekiston | 08:03
-
Nyu-York meri lavozimiga nomzod Trampning «Katta ajoyib qonuni»ni talonchilik deb atadi
Jahon | 07:40
-
Shanhayda O‘zbekiston raqamli texnologiyalar markazi ochildi
O‘zbekiston | 07:28
Mavzuga oid

23:11 / 04.07.2025
«Shaytonarava» ishqi: kasallikmi yoki ijtimoiy muammo?

19:21 / 04.07.2025
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi

21:00 / 01.07.2025
Trenddagi gap: “Koreyada $3-5 ming topsa bo‘larkan!?”

19:02 / 30.06.2025