Dubayda «nindzya» emojisini yuborgan irlandiyalik erkak bir necha yilga qamalishi mumkin
U o‘zining buyumlarini o‘g‘irlab ketgan shaxsga «nindzya» va «qon tomchisi» emojisini yuborgan. Dubay qonunlariga ko‘ra, hatto yaqin kishilar o‘rtasida ham haqorat yoki tahdid qiluvchi xabarlarni yuborish taqiqlanadi.

Foto: Daily Mail
Styuart Kuini ismli irlandiyalik erkak Dubayda o‘ziga tegishli buyumlarni o‘g‘irlab ketgan tanishiga «nindzya» emojisini yuborgani uchun bir necha yilga qamalishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail.
Hozirda irlandga mamlakatdan chiqib ketish taqiqlangan.
2022 yilning yanvarida Styuart Kuini do‘sti bilan Dubayga kelgan. U safar vaqtida do‘stiga kvartira ijaraga olishda yordam bergan belgiyalik shaxs bilan tanishib qolgan.
«Styuart va uning do‘sti uyda bo‘lmagan vaqtda belgiyalik kvartiraga ruxsatsiz kirgan va ularning barcha buyumlarini olib chiqib ketgan. Styuart bir nechta yuridik xat tayyorlagan, ammo ularning barchasi e’tiborsiz qoldirilgan», — deydi Detained in Dubai tashkiloti vakili.
«Menga kiyim-kechaklari unchalik muhim emas, u yerda buvim va do‘stimning men uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sovg‘alari bor edi. O‘tgan yilning iyunida kelganimda unga buyumlarimni qaytarishini so‘rab bir nechta xabar yubordim, aks holda men politsiyaga murojaat qilishga tayyor edim. Ammo yana hech qanday javob bo‘lmadi», — degan Kuini Detained in Dubai asoschisi Rade Sterlingga.
Keyinroq u demensiyadan aziyat chekuvchi buvisi qariyalar uyiga o‘tkazilayotganidan xabar topgan. «Aftidan, mast paytida uning yodiga o‘g‘rilik tushib qolgan va telefonni olib belgiyalikka bir necha emoji yuborgan — «nindzya» va «qon tomchisi», — deydi Sterling.
Styuart Kuini 6 sentabr kuni Dubayga kelganida u qo‘lga olingan va politsiya uchastkasida unga mamlakatni tark eta olmasligini bildirishgan.
Tashkilot vakillarining so‘zlariga ko‘ra, qonunchilikka muvofiq u bir necha yilga qamalishi mumkin — mamlakatda hatto yaqin kishilar o‘rtasida ham haqorat yoki tahdid qiluvchi xabarlarni yuborish taqiqlanadi.
Sterlingning ta’kidlashicha, Dubayning qat’iy qonunlaridan firibgarlar tez-tez tovlamachilik maqsadlarida foydalanib turadi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Boeing 2,8 mlrd dollar evaziga Pentagonga ikkita sun’iy yo‘ldosh yetkazib beradi
Jahon | 21:52
-
«Bu hazilmi?» – peruliklar prezident maoshining ikki baravar oshirilganini keskin muhokama qilishyapti
Jahon | 20:44
-
Avstraliyada erkak juda kam uchraydigan virusdan vafot etdi
Jahon | 20:40
-
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 20:36
Mavzuga oid

21:38 / 16.06.2025
Dubayda aprel oyidagi janjal oqibatida ikki o‘zbekistonlik vafot etgani ma’lum bo‘ldi

08:39 / 15.06.2025
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

00:19 / 28.04.2025