Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi
Uzbekistan Airways Toshkentdan Tel-Avivga parvozlarni iyun oyi oxirigacha to‘xtatdi hamda Dubay va Sharm al Shayxga parvozlar jadvaliga o‘zgartirish kiritdi. Qanot Sharq va Air Samarkand ham Tel-Avivga eng yaqin reyslarni bekor qildi. Centrum Air Toshkent-Dubay yo‘nalishini o‘zgartirdi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Dubay va Sharm ash-Shayx yo‘nalishlarida qatnovchi reyslar bo‘yicha muhim axborot bilan chiqdi.
Eron havo hududidan foydalanish bo‘yicha joriy etilgan cheklovlar sababli Uzbekistan Airways 2025 yil 15 iyundan 30 iyungacha Toshkent–Dubay va Toshkent–Sharm ash-Shayx yo‘nalishlaridagi reyslar jadvaliga o‘zgartirishlar kiritadi:
HY333/334 reyslari:
- Toshkentdan uchish — 07:35, Dubayga yetib kelish — 11:00
- Dubaydan uchish — 12:30, Toshkentga yetib kelish — 17:30
HY341/342 reyslari (seshanba kunlari):
- Toshkentdan uchish — 08:50, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:20
- Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:50, Toshkentga yetib kelish — 22:30
HY341/342 reyslari (chorshanba va yakshanba kunlari):
- Toshkentdan uchish — 08:35, Sharm ash-Shayxga yetib kelish — 13:05
- Sharm ash-Shayxdan uchish — 14:35, Toshkentga yetib kelish — 22:15
Bundan tashqari, Uzbekistan Airways 16 iyundan 30 iyungacha Toshkent – Tel Aviv – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni to‘xtatishga majbur bo‘lganini ma’lum qildi. Bu Tel-Avivdagi Ben-Gurion aeroporti yopilishi bilan bog‘liq.
Centrum Air Eron havo hududi yopilishi munosabati bilan Toshkent – Dubay yo‘nalishi bo‘yicha parvoz yo‘nalishi o‘zgargani haqida xabar bergan.
Qanot Sharq kompaniyasi 14 va 15 iyun kunlari Tel Avivga parvozlar bekor qilingani haqida xabar berdi, Air Samarkand 15 iyun kuni Samarqanddan Tel Avivga parvozni bekor qildi.
Uzbekistan Airports ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy aviakompaniyalar ham Toshkentga bir nechta reyslarni bekor qilgan:
- FlyDubai aviakompaniyasining Dubay — Toshkent — Dubay yo‘nalishi bo‘yicha FZ-1945/1946 reyslari;
- Air Arabia aviakompaniyasining Sharja — Toshkent — Sharja yo‘nalishi bo‘yicha G9−270/271 reyslari;
- «Asia Union» aviakompaniyasining Toshkent — Madina — Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 7q-141/142 reyslari.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Marg‘ilonda Gentra ko‘chada o‘ynab o‘tirgan yosh bolani bosib ketdi
O‘zbekiston | 14:18
-
Tramp o‘zining Ukrainaga ilk harbiy yordamini tayyorlamoqda
Jahon | 12:59
-
Dunyodagi eng qimmatbahosi. Hermès aktrisa Jyeyn Birkin uchun tayyorlagan sumka 10 mln dollarga sotildi
Jahon | 12:14
-
Qozog‘istonda o‘ta xavfli kasallik, 10 yillik vizadan mahrum qirg‘izlar va ruslarga berilmaydigan pasport
Jahon | 12:14
Mavzuga oid

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

01:29 / 12.07.2025
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

13:05 / 09.07.2025