14 yilda RFda internetdagi postlar uchun 30 mingdan ortiq ish qo‘zg‘atildi
2010 yildan beri Rossiyada ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, repostlar va boshqa onlayn harakatlar uchun 1000 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 14 yil ichida foydalanuvchilar ta’qibga olingan moddalar soni besh baravar ko‘paydi.

Foto: Kirill Zykov
2010-yillarning boshidan hozirgi kungacha Rossiyada internet faollik uchun 30 mingdan ortiq ish qo‘zg‘atilgan va ularning 1000 dan ortig‘i jinoiydir. Bunday ma’lumotlar «Novaya gazeta Yevropa», tomonidan 2 dekabr, dushanba kuni e’lon qilingan tadqiqotda keltirilgan.
Nashrning qayd etishicha, ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida foydalanuvchilarning onlayn bayonotlari uchun javobgarlikka tortadigan moddalar soni sezilarli darajada oshgan – 5 tadan 25 tagacha, ularning yarmidan ko‘pi jinoiydir. «Agar 2010 yilda odamlar asosan giyohvand moddalar targ‘iboti, ekstremizm va terrorizmga chaqiriqlar uchun sudlangan bo‘lsa, endilikda urushga qarshi pozitsiya, separatizmga chaqiriqlar va yana ko‘p narsalar noqonuniy hisoblanadi», — deyiladi nashrda.
Tadqiqotga ko‘ra, rossiyaliklar natsistlar ramzlari, separatistlar tomonida kurashgan chechen ijrochisi Timur Mutsurayevning qo‘shiqlari, o‘g‘rilar yulduzlari va «Arestanskoye ugolovnoye yedinstvo» submadaniyatining boshqa belgilari, Aleksey Navalniyning roliklari, «Net voyne» shiori va boshqa kontent uchun faol ta’qib qilinmoqda.
Onlayn faollik uchun ta’qiblar bo‘yicha rekord yil Ukrainaga bostirib kirish yili, 2022 yil bo‘ldi: uning davomida urushga qarshi pozitsiyalar bo‘yicha protokollar soni 2000 dan oshdi. Urush paytida internetdagi bayonotlar bo‘yicha barcha protokollarning uchdan biridan ko‘prog‘i hisobga olindi, Ukrainada to‘liq miqyosli urush boshlanganidan beri jarima miqdori esa ikki baravar oshdi. 2024 yilda ishlarning 10 foizida sudlar ayblanuvchilarni o‘rtacha to‘qqiz kunga hibsga oldi, bu 2010 yildan beri maksimumdir.
Ishlarning asosiy manbasi — «V kontakte»
Internet faollik uchun ishlarning asosiy «donori» «V kontakte»ijtimoiy tarmog‘i bo‘ldi — 20 ming ma’muriy va deyarli 450 ta jinoiy ish. «Novaya gazeta Yevropa»ning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlariga cheksiz kirish huquqiga ega bo‘lgan.
«V kontakte»dan keyin ochilgan ishlar soni bo‘yicha Telegram (2000 ta ma’muriy va 254 ta jinoiy) va «Odnoklassniki» (mos ravishda 1000 ta va 23 ta) turadi.
«Telegram — bu Rossiyada jinoiy ishlar uchun asosiy donorlardan biri bo‘lgan aqlbovar qilmaydigan narsa», — deydi huquqshunos Yevgeniy Smirnov. Hatto yashirin Telegram-akkauntlar kuch tuzilmalari tomonidan doimiy ravishda anonimlikdan chiqariladi. Bunda ularga birlashtirilgan ma’lumotlar bazalari, shuningdek, «Glaz boga» va «Infosfera» kabi deanonimizatsiyaning turli tizimlari yordam beradi.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, xavfsizlik kuchlari ayblanuvchilarni axborotchilar va xalqaro aeroportlarda tintuvlar paytida topadi. Ular Rossiyada yashovchilarga internetda o‘zlarini qanday himoya qilish bo‘yicha maslahatlar beradi: xususan, ikki faktorli avtorizatsiyani o‘rnatish, «V kontakte», shuningdek, Rossiya pochta va bulutli xizmatlaridan foydalanmaslik, ikkinchi anonim Telegram-akkaunt va bir nechta elektron pochta manzillarini yaratish.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 23:06 / 18.06.2025
Mavzuga oid

22:21 / 18.06.2025
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

22:02 / 31.05.2025