Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi
KXDRdagi butun raqamli infratuzilma vaqtincha global kuzatuv tizimlarida ko‘rinmay qoldi, shuningdek, elektron pochtalar faoliyatida ham uzilishlar kuzatildi.

Foto: Reuters
8 iyunga o‘tar kechasi Shimoliy Koreyada keng ko‘lamli internet uzilishi kuzatildi — bir necha soat davomida muhim davlat va jamoat onlayn resurslariga kirib bo‘lmadi. Xususan, TIV portali kabi hukumat saytlari, Air Koryo milliy aviakompaniyasi va rasmiy yangiliklar agentliklari veb-sahifalari ishlamay qoldi. Reutersʼning yozishicha, internet bilan aloqa kun yarmiga kelib tiklangan.
KXDRdagi internet faollikni monitoring qilishga ixtisoslashgan britaniyalik tadqiqotchi Junad Alining ma’lum qilishicha, mamlakatdagi butun raqamli infratuzilma vaqtincha global kuzatuv tizimlarida ko‘rinmay qolgan, shuningdek, elektron pochtalar faoliyatida ham uzilishlar kuzatilgan. Bunga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan bo‘lsa-da, Stimson’ning Vashington markazidan bo‘lgan Martin Uilyams ham xuddi shu kabi fikrni bildirdi. Unga ko‘ra, nosozliklar ichki tarmoqlarga taalluqli, chunki Xitoy va Rossiya orqali aloqa ham uzilgan.
Mazkur holat dunyodagi eng yopiq internet tizimlardan birida sodir bo‘ldi. KXDR aholisining aksariyati faqat global tarmoqdan izolyatsiya qilingan milliy internet tarmoqqa kira oladi. Cheklangan doiradagi amaldorlar va hukumat vakillarigina internetdan erkin foydalanishi mumkin, davlat va yangiliklarga ixtisoslashgan onlayn reurslardan bo‘lsa, ko‘pincha chet eldagi auditoriya uchun Pxenyanning rasmiy pozitsiyasini yetkazishda foydalaniladi.
Oldinlari bunday uzilishlar bir necha bor kiberhujumlar bilan bog‘langan. Shu bilan birga, Shimoliy Koreyaning o‘zida ko‘plab hakerlik guruhlari faoliyat yuritadi, ular orasida mamlakat razvedkasiga aloqador Lazarus ham bor. Ushbu guruh xalqaro moliyaviy tashkilotlarga kiberhujumlarda va yirik miqdorda kriptovalutalar o‘g‘irlashda ayblanadi. Rasmiy Pxenyan esa o‘zining kiberhujumlar, kriptovalutalar o‘g‘irlanishi va boshqa turdagi kiberjinoyatlarga aloqadorligini rad etib keladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkent–Shanhay o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 08:45
-
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi
Jahon | 08:17
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
Mavzuga oid

18:22 / 02.07.2025
KXDR Rossiyaga 30 ming nafargacha askar yuborishi mumkin

20:31 / 01.07.2025
KXDR «frilanserlari» Amerika kompaniyalarida millionlab dollar ishlab topdi

10:48 / 01.07.2025
Kim Chen In «aqlga sig‘mas hodisa»ga guvoh bo‘ldi: uning yangi esminetsi suvga tushirish chog‘ida ag‘darilib ketdi

12:17 / 28.06.2025