Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olimlar inson tanasidan chiqadigan issiqlikni elektr energiyasiga aylantirishni o‘rgandi
Bundan fitnes bilaguzuklari, aqlli soatlar kabi GPS kuzatuvchilarini quvvatlantirishda foydalanish mumkin.

Foto: AP
Limerika va Valensiya universitetlari tadqiqotchilari yog‘och chiqindilari hamda inson tanasidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantirish usulini ishlab chiqdi. Ularning yangi texnologiyasi odatda atmosferaga behuda tarqalib ketadigan issiqlikka “ikkinchi hayot” berishni va energetika sohasida yanada barqaror yechimlarga yo‘l ochishni va’da qilmoqda.
Inson tanasi katta miqdordagi issiqlik ajratadi, hali undan biror marta foydalanilmagan. O‘rtacha hisobda, tana yuzasining har bir kvadrat metri soatiga 19 dona gugurt cho‘pining yonishiga teng issiqlik chiqaradi. Tadqiqotlarga ko‘ra, bu issiqlikni samarali ushlab qolish hamda fitnes bilaguzuklari, aqlli soatlar kabi GPS kuzatuvchilarini quvvatlantirishda foydalanish mumkin. Kelajakda bu qurilmalarning uzoqroq ishlashini ta’minlaydi, hatto tashqi zaryadga ham ehtiyoj qolmaydi.
Biroq inson tanasi behuda sarflanadigan issiqlik manbalarining kichik bir qismi, xolos. Avtomobil dvigatellaridan tortib sanoat mashinalarigacha bo‘lgan ko‘plab manbalar har kuni atmosferaga katta miqdorda issiqlik chiqaradi. Bunga javoban, olimlar sanoatni yanada samarali va ekologik toza qilish maqsadida issiqlikni energiyaga aylantirish texnologiyalari ustida ishlamoqda.
Issiqlikni utilizatsiya qilishning istiqbolli texnologiyalaridan biri uni elektr energiyasiga aylantirish imkonini beruvchi termoelektrik effektdir. Ammo an’anaviy termoelektrik materiallar ko‘pincha kadmiy, qo‘rg‘oshin va simobni o‘z ichiga oladi, bu esa sog‘liq va atrof-muhit uchun xavfli.
Irlandiya va Ispaniya olimlari muqobil variantni taklif qildi: yog‘och chiqindilaridan, xususan, lignindan foydalanish. Tuz eritmasi bilan ishlov berilgan lignin nisbatan past haroratda, 200 gradusgacha bo‘lgan sharoitda, issiqlikni samarali yig‘ib, uni elektr energiyasiga aylantirish qobiliyatiga ega. Bu muhim, chunki sanoat issiqligining qariyb 66 foizi aynan shu harorat oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Issiqlikni o‘zlashtirish — bu faqat birinchi qadam. Olingan energiyani samarali saqlash usulini yaratish ham nihoyatda muhim. Tadqiqotlarda superkondensatorlar — elektr energiyasini tez to‘plash va chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan qurilmalar birinchi o‘ringa qo‘yilmoqda. Bugungi kunda superkondensatorlarning aksariyat modellari qazilma uglerod asosidagi materiallardan ishlab chiqariladi, bu esa ularning ekologik barqarorligini shubha ostiga qo‘yadi.
Tadqiqot guruhi lignindan olingan g‘ovak uglerodni superkondensatorlar uchun elektrod materiali sifatida qo‘llash mumkinligini aniqladi. Shu tariqa, lignin membranasi nafaqat issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradi, balki ionlar harakatini tezlashtiradigan g‘ovak uglerod tuzilishi tufayli energiyani saqlash imkoniyatini ham ta’minlaydi. Ushbu yechim zararli kimyoviy moddalardan xoli bo‘lish va qazilma boyliklarga qaramlikni kamaytirish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

21:41 / 26.06.2025
Nvidia dunyodagi eng qimmat kompaniya maqomini saqlab qoldi

13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025