O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
O‘zbekistonda 2024 yil davomida tadqiqotlar va ishlanmalar uchun umumiy 4 trillion 581 milliard 616 million so‘m sarflangan.
Innovatsion rivojlanish agentligiga ko‘ra, 2024 yil davomida “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish strategiyasi”da belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha quyidagi yutuqlarga erishildi:
- hududlarda innovatsiya markazlari soni 216 taga yetdi (rejaga nisbatan 102,9 foiz);
- texnologik innovatsiyalar bilan shug‘ullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari soni 265 tani tashkil etdi (101,5 foiz);
- yaratilgan yangi texnologiyalar soni 192 ta (103,2 foiz);
- yillik ro‘yxatga olingan patentlar soni 165 taga yetdi (201,2 foiz);
- xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar soni 92 ta (116,5 foiz);
- ro‘yxatga olingan startaplar soni 531 taga yetkazildi (101,1 foiz).
Agentlik tomonidan moliyalashtirilgan tijoratlashtirish va startap loyihalari doirasida xususiy sektor tomonidan tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi deyarli 800 million so‘mga oshib, 5 milliard 510 million so‘mni tashkil etdi.
Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot loyihalari doirasida xorijdan 10,82 million AQSh dollari (139 milliard 150 million so‘mdan ortiq) miqdorida beg‘araz grant mablag‘lari jalb qilindi.
Mavzuga oid

18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

10:29 / 29.03.2025