Jahon | 15:24 / 28.03.2025
5481
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

Robot ekstremal sharoitlarda ishlab, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga qodir.

Foto: ithome

Xitoyning Poseidon kompaniyasi dunyodagi ilk robot-qutqaruvchini ishlab chiqdi. Qurilma ekstremal sharoitlarda ishlash va jabrlanganlarga avtomatik tibbiy yordam ko‘rsatish qobiliyatiga ega. U sharoitga qarab ham oyoqda, ham g‘ildirakda yoki zanjir tizim bilan harakatlana oladi, shuningdek, murakkab to‘siqlarni: zinapoyalar, qiyaliklar va notekis yuzalarni bosib o‘tadi. Qurilma kichkina maydonda ham osonlik bilan harakatlanadi va to‘siqlarni chaqqonlik bilan aylanib o‘tadi. Robot -20 gradusdan +55 gradusgacha bo‘lgan haroratda ishlashi mumkin.

Qurilmaning asosiy xususiyati — birinchi yordamni ko‘rsatishga qodir ekanida, bu yordam quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • Insonning hayotiy ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimi;
  • Sun’iy nafas oldirish apparati;
  • Infuzion davolash moduli;
  • V-ultratovush tekshiruv tizimi;
  • yurak ritmini tiklash uchun defibrillyator;
  • Yurak-o‘pka reanimatsiyasi;
  • Kislorod yetkazib berish tizimi.

Bunday keng qamrovli funksionallik robotga favqulodda vaziyatlarda juda muhim bo‘lgan “yo‘l-yo‘lakay” tez yordam ko‘rsatish imkonini beradi.

Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, ushbu robotga quyidagi sohalarda talab yuqori:

  • Tabiiy ofatlar paytidagi qutqaruv operatsiyalarida;
  • Harbiy sharoitlarda (jangchilarni jang maydonidan olib chiqish uchun);
  • Murakkab sanoat va shahar avariyalarida;
  • Kasalxonagacha va kasalxona ichidagi tibbiy yordamda.

Mutaxassislarning fikricha, bu yangilik favqulodda tibbiy yordam sohasidagi sun’iy intellekt bo‘shlig‘ini to‘ldiradi. An’anaviy qutqaruv usullari ko‘pincha ko‘p vaqt va mutaxassislarni talab qiladigan bir paytda, robot tezkor, aniq va mustaqil ravishda harakatlana oladi.

Ushbu loyiha Xitoyning shoshilinch tibbiy yordam sohasidagi imkoniyatlarini sezilarli darajada kuchaytiradi, uni yanada samarali qilib, texnologik jihatdan ilg‘orlashtiradi”, — deb ta’kidladi Poseidon korporatsiyasi.

Mavzuga oid