“Bojxona organlari haydovchilardan ishonchnoma talab qilishi qonunchilikda nazarda tutilmagan” – Bojxona qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi Kun.uz’ning 50 ga yaqin mashina boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar tomonidan bojxona posti orqali Qozog‘istonga haydab olib chiqib ketilgani haqidagi surishtiruviga munosabat bildirdi. Qo‘mita matbuot xizmatiga ko‘ra, bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida barcha chegara bojxona postlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar yuborilgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Bojxona qo‘mitasi Kun.uz surishtiruviga munosabat bildirdi. Unda bojxona organlari qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emasligi ma’lum qilingan.
Qo‘mita munosabatida keltirilishicha, respublika bojxona chegaralari orqali kuniga o‘rtacha 10-11 ming avtotransport vositalari harakatlanadi.
“Respublikadan olib chiqib ketilayotgan avtotransport vositalariga nisbatan ularni boshqarayotgan shaxslar tomonidan bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati qonunchilikda aniq belgilangan.
Avtotransport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida haydovchilardan transport vositasini boshqarishga doir ishonchnomani bojxona organlari tomonidan talab qilish qonunchilikda nazarda tutilmagan. Bojxona organlari esa qonunchilikda nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
Qayd etish joizki, Kun.uz surishtiruvida nazarda tutilgan avtotransport vositalari respublikadan olib chiqilayotganda huquqni muhofaza qiluvchi yoki sud idoralari tomonidan ularga nisbatan amalda cheklov yoki taqiq mavjud bo‘lmagan, shuningdek, mazkur transport vositalarining egalari tomonidan ularning olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab murojaatlar kelib tushmagan”, deyiladi munosabatda.
Qo‘shimcha qilinishicha, bugun Bojxona qo‘mitasi rahbariyati tomonidan ayni shu masalada murojaat qilgan fuqaro qabul qilinib, unga batafsil tushuntirishlar berilgan. Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida barcha chegara bojxona postlariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar yuborilgan.
Bundan tashqari, qo‘mita fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida yuqoridagi holatlar yuzasidan amaldagi qonunchilik normalarini takomillashtirishda o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanini va hozirda mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda tegishli takliflar ishlab chiqilayotganini ma’lum qilgan.
Kun.uz surishtiruvida O‘zbekistonda “vykup”ga (bo‘lib to‘lash sharti bilan) xarid qilingan turli rusumdagi 50 ga yaqin mashina Qozog‘istonga o‘tkazib yuborilgani, ularning ayrimlarini chegara postlaridan boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxslar haydab olib o‘tgani haqida gap boradi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28
-
Komil Allamjonov Prezident administratsiyasining yangi rahbari Saida Mirziyoyevaga jamoatchilik asosida mustaqil maslahatchi sifatida tayinlandi
O‘zbekiston | 22:06
-
Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi, Xorazmda hokim o‘rinbosari 8 yilga qamaldi va Toshkentda 11 yosh qizni tok urdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 21:59
Mavzuga oid

20:16 / 13.06.2025
Yana bojxona: o‘nlab avtomobillar egalaridan yashirin tarzda Tojikistonda g‘oyib bo‘ldi

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida

15:54 / 07.03.2025