Xitoy Yaponiya va sakkizta davlat fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi
XXRga vizasiz tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan davlatlar soni 38 taga yetmoqda. Shuningdek, ushbu davlatlar fuqarolarining mamlakatda vizasiz qolish muddati ikki barobarga - 30 kungacha oshiriladi.
Xitoy xalqaro turizm va ish safarlarini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlari doirasida Yaponiya va dunyoning yana sakkizta mamlakati fuqarolariga vizasiz rejimni joriy etadi, deb xabar beradi «Sinxua» agentligi.
Qayd etilishicha, 2024 yil 30 noyabrdan 2025 yil 31 dekabrgacha Bolgariya, Ruminiya, Xorvatiya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Malta, Estoniya, Latviya va Yaponiya fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishiga ruxsat beriladi. XXR Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tszyanning ma’lum qilishicha, ushbu davlatlar fuqarolarining mamlakatda vizasiz qolish muddati ikki barobarga — 30 kungacha oshiriladi.
Bu Xitoyning bir tomonlama vizasiz siyosati doirasini 29 ta davlatdan 38 tagacha kengaytiradi.
Avvalroq Xitoy 2025 yil 31 dekabrga qadar amalda bo‘ladigan dastur doirasida Slovakiya, Norvegiya, Finlandiya, Daniya, Islandiya, Androrra, Monako, Lixtenshteyn va Janubiy Koreya fuqarolarining mamlakatga vizasiz kirishga ruxsat bergandi.
Ta’kidlanishicha, bu kabi sa’y-harakatlar mamlakatga keladigan turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda. 2019 yilda, koronavirus pandemiyasiga qadar Xitoyga 49,1 millionga yaqin turist tashrif buyurgan. 2024 yilning dastlabki yetti oyida esa turistlar soni 17,25 million nafarni tashkil etgan. Birinchi yarim yillikda vizasiz tashrif dasturiga kiritilgan davlatlardan 8,5 million turist kelgan. Bu Xitoyga kelayotgan jami turistlar oqimining 58 foizi demak, shuningdek, ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 190 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezidentga Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot berildi
Sport | 17:51
-
Avstraliyalik ayol qarindoshlarini zaharli qo‘ziqorin bilan o‘ldirdi
Jahon | 17:42
-
Gretsiya 14 yil ichida ilk bor suriyaliklarga boshpana berishni rad etdi
Jahon | 17:34
-
AQSh rasmiylarida Jyeffri Epshteynning «mijozlar ro‘yxati» yo‘q – OAV
Jahon | 17:10
Mavzuga oid

16:41 / 25.06.2025
Eron fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz rejim joriy etilishi mumkin - elchixona

18:58 / 06.06.2025
Trampning siyosati tufayli AQSh turizm sanoati 12,5 mlrd dollar yo‘qotadi

12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi

17:29 / 13.05.2025