Turkiyada qarindoshi tomonidan fohishalikka majburlangan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
Diplomatlar va jamoat tashkilotlari xolavachchasi ish topib berishini aytib, Turkiyaga chaqirgan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosining uyiga qaytishiga ko‘maklashdi.

Foto: O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi
O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi aldov yo‘li bilan Turkiyaga olib kelingan odam savdosi qurboniga yordam ko‘rsatdi.
20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi F.H. bosh konsulxonaga murojaat qilib, xolasining qizi A.M. uni mehmonxonada farrosh bo‘lib ishlash bahonasida Turkiyaga taklif qilganini ma’lum qilgan. Biroq u yerga borgach, qizni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlay boshlashgan. Jabrlanuvchining pasportini tortib olib, tahdid orqali bo‘ysundirishga urinishgan.
Tutqunlikda ushlab turganlar chiqib ketganidan foydalanib, o‘zbekistonlik qiz mamlakat bosh konsulxonasi bilan telefon orqali bog‘lana olgan. Uning aytishicha, konsullik xodimlari tezda harakat qilib, unga Izmirdan Istanbulga chipta sotib olishda yordam berishgan, uni kelganida kutib olishgan va xavfsiz joyga joylashtirgan.
F.H.ni mehmonxonadan olib chiqish, tashish va joylashtirish Turkiyada faoliyat yuritayotgan «O‘zbekiston madaniyati, birdamlik va hamkorlik» hamda «O‘zbek xotin-qizlari huquqlarini himoya qilish» jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilgani ta’kidlangan.
Mahalliy huquq-tartibot idoralari tomonidan mazkur holatga aloqador bo‘lgan va Turkiyada odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi uyushgan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
15 noyabr kuni fuqaro F.H. O‘zbekistonga qaytarildi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Nodavlat OTMlarda qabul yilda ikki marta o‘tkazilishi mumkin
O‘zbekiston | 19:47
-
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi
O‘zbekiston | 19:42
-
Qo‘shni davlatlardan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
O‘zbekiston | 19:31
-
Vetnam mamlakatdagi birinchi erkin savdo zonasini tashkil etadi
Jahon | 19:31
Mavzuga oid

07:23 / 23.06.2025
Turkiya: AQShning Eron yadro inshootlariga aviazarbasi Yaqin Sharqda tartibsizlikka olib keladi

12:42 / 21.06.2025
Turkiya yetakchisi Armaniston bosh vaziri bilan tarixiy uchrashuv o‘tkazdi

22:21 / 30.05.2025
Turkiyada fohishalikka majburlab kelingan 3 nafar o‘zbekistonlik ayol deportatsiya qilindi

00:30 / 27.05.2025