Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
Kompaniyaning izohlashicha, buning natijasida yuk tashish tariflari vagon turidan kelib chiqib o‘rtacha 8-10 foizga oshadi.

Foto: Kun.uz
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovdagi vagonlar orqali yuk tashish tariflarini oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ tomonidan ko‘rsatilayotgan yuk tashish xizmatlarida vagon qismiga bog‘liq xarajatlar oshgan.
«Ushbu xarajatlarni qisman qoplash hamda yuk vagon parkini yangilash maqsadida 2024 yil 1 dekabrdan mahalliy qatnovda aksiyadorlik jamiyatiga tegishli (inventar) vagonlarda yuk tashish tariflari vagon turidan (universal, maxsuslashtirilgan va sisterna) kelib chiqib, tarif stavkalaridagi vagon qismi 30 foiz miqdorida oshiriladi», – deyiladi xabarda.
Kompaniya matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bu o‘zgarish yuk tashish tariflarining o‘rtacha 8-10 foizga oshishiga olib keladi.
“Yuk tashish tariflari infrastruktura, lokomotiv va vagon qismlaridan tashkil topadi. Shu munosabat bilan faqatgina vagon qismi 30 foizga oshirildi, bu jami tarifga vagon turidan kelib chiqib o‘rtacha 8-10 foiz ta’sir etadi”, – deyiladi izohda.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori asosida 2024 yil 1 yanvardan boshlab yuk vagonlari va konteynerlarni taqdim etish hamda yuqori tezlikdagi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchi tashish tariflarini davlat tomonidan tartibga solish to‘xtatilgan.
- 2024 yil 20 yanvardan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari hamda «Sharq», «Nasaf» va «O‘zbekiston» tezyurar poyezdlarining chiptalar narxi 20 foizga oshgan edi. 15 maydan boshlab esa «Afrosiyob» elektropoyezdi chiptalari narxi ekonom klass uchun 20 foizga, biznes klass uchun 30 foizga, VIP klass uchun 40 foizga oshirilgandi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Soliq organi 1,5 mln so‘mlik kamomad uchun tadbirkorni 5,3 mlrd so‘m jarimaga tortdi
Iqtisodiyot | 17:58
-
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57
-
UzIMEI bo‘yicha raqamli texnologiyalar vaziriga senator so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 17:42
-
Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston | 17:38
Mavzuga oid

10:41
O‘zbekiston Pokistonda logistika markazini tashkil etishga qiziqish bildiryapti

12:18 / 04.07.2025
Zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

16:04 / 23.06.2025
Xitoy O‘zbekistonda "aqlli" logistika omborlarini quradi

09:53 / 15.06.2025