Jahon | 12:30 / 04.11.2024
3267
3 daqiqa o‘qiladi

Rada safarbarlik tezligi sekinlashishi bilan bog‘liq muammo haqida ma’lum qildi

Oliy Rada Mudofaa qo‘mitasi kotibi Roman Kostenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina sobiq bosh qo‘mondon Zalujniy ilgari taklif qilganidek, yana yarim million odamni safarbar qilishi kerak va «hech qanday sharoitda» «cho‘kish»ga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Foto: Ukraina Qurolli kuchlari

Kiyev yana 500 ming kishini safarbar qilishi kerak, mamlakatda safarbarlik darajasining pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda, dedi Oliy radaning Milliy xavfsizlik, mudofaa va razvedka qo‘mitasi kotibi Roman Kostenko 2 noyabr, shanba kuni kechqurun. «Sentyabr oyida safarbarlik pasayishni boshladi. Umuman olganda, safarbarlik kamayishi tendensiyasi kuzatilmoqda va biz bunga hech qanday sharoitda yo‘l qo‘ya olmaymiz», dedi deputat Strana.ua nashriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu katta muammoga aylanishi mumkin va keyin «vaziyatni to‘g‘irlash» imkoni bo‘lmasligi mumkin. «Esingizda bo‘lsin, (Ukrainaning sobiq bosh qo‘mondoni Valeriy) Zalujniy bizga 500 ming kishi kerak, degandi. Bunday ko‘rsatkich dolzarbdir», deb ta’kidladi Kostenko.

Askarlarning yetishmasligi tufayli Ukraina Qurolli kuchlari tobora ko‘proq hududlarni yo‘qota boshladi; oktyabr 2022 yilning ikkinchi yarmidan beri Ukraina uchun eng muvaffaqiyatsiz oy bo‘ldi. Kiyev tomonidan safarbarlik sur’atlarini tezlashtirishga qo‘shimcha omil Rossiya armiyasining Shimoliy Koreya askarlari bilan to‘ldirilganligi haqidagi ma’lumot bo‘ldi.

Zelenskiy xorijliklarga Ukraina QKda ofitserlik lavozimlarini egallashga ruxsat berdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakat qurolli kuchlarida ofitserlik lavozimlarida xizmat qilishiga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Bu haqda Ukraina Oliy Radasi saytida xabar berildi.

10 oktyabr kuni Ukrainaning oliy qonun chiqaruvchi organi yakuniy o‘qishda qonunni qabul qildi, unga ko‘ra xorijliklar shartnoma asosida harbiy xizmatni nafaqat oddiy va serjant, balki ofitser sifatida ham o‘tashi mumkin.

Gap, xususan, Ukraina QK, Davlat maxsus transport xizmati va Ukraina Milliy gvardiyasi haqida ketyapti.

UQKda ofitserlik lavozimlariga chet elliklarni yollashga ruxsat beruvchi Ukraina qonuni ular «ukrainlarni faolroq tugatishi» uchun zarur, dedi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Telegramʼdagi kanalida.

«Xorijiy qo‘mondonlar ukrainlarni go‘sht qiymalagichlarga tashlab, faolroq tugatishlari uchun. Aks holda, ukrainalik ukrainalikka achinadi va uni o‘limga yubormaydi. Zelenskiyga buning uchun hech kim pul to‘lamaydi», — dedi diplomat.

Mavzuga oid