Ukraina armiyaga chaqiruv yoshini 18 ga tushirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritadi
Gap safarbarlikka jalb etilmaydigan 18-25 yosh oralig‘idagi fuqarolar bilan ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish haqida ketmoqda.

Foto: Getty Images
Ukraina prezidentining ofisi yaqin kunlarda 18-25 yoshdagi erkaklarni harbiy xizmatga chaqirish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritish taklifini e’lon qiladi. Bu haqda Milliy xavfsizlik departamenti maslahatchisi Nikolay Shur ma’lum qildi.
Shurning aytishicha, gap safarbarlikka jalb etilmaydigan 18-25 yosh oralig‘idagi fuqarolar bilan ixtiyoriy ravishda shartnoma tuzish haqida ketmoqda. Shartnomani imzolaganlar moliyaviy jihatdan rag‘batlantiriladi va boshqa imtiyozlarga ham ega bo‘ladi.
«Qonunchilikka ham, prezident farmonlariga ham bir qator o‘zgartirishlar kiritiladi. Hujjatlarga turli darajadagi o‘zgartirishlar kiritilishi kutilmoqda. O‘ylaymanki, yaqin kunlarda taqdimot bo‘ladi. Hozir texnik jihatlari kelishilmoqda, yana nimadirlar o‘zgarishi mumkin. Mudofaa vazirligi, Bosh shtab, jamoat tashkilotlari vakillaridan tuzilgan ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Konsepsiya ishlab chiqilgan», — deydi Shur.
Ukrainada 2022 yil 24 fevraldan beri umumiy safarbarlik amalda. O‘tgan yilning bahorida uning qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgan: xususan, harbiy xizmatga chaqiruv yoshi 27 dan 25 yoshga tushirilgan edi.
Rossiya kuchlarining hujumlari sabab AQShning oldingi administratsiyasi Kiyevni safarbarlik yoshini 25 dan 18 yoshga tushirishni taklif qilgandi. Ukraina tomoni buni rad etib, asosiy muammo qurol-yarog‘ yetishmasligida ekanini bildirgandi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u G‘arbdan «bir yildan oshiqroq vaqt oldin» Ukraina Qurolli kuchlarining 10 ta brigadasini ta’minlashni so‘ragan, ammo hozirgi kunga kelib ularning faqat 2,5 tasi qurollantirilgan. «Yevropalik yoki amerikalik amaldorlarda safarbarlikni tezlashtirish rejasi bo‘lsa, sheriklarimiz o‘z ishini, biz esa o‘zimizning ishni qilishimizni xohlayman», — degan edi Zelenskiy.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronning uran boyitish zavodida deyarli barcha sentrifuga yo‘q qilingani aytildi
Jahon | 02:03
-
TIV Eron va Isroildagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
O‘zbekiston | 01:07
-
Tramp oilasi 499 dollarlik «Oltin smartfon»ni sotuvga chiqaradi
Jahon | 00:30
-
“Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q” – siyosatshunos
Jahon | 00:11
Mavzuga oid

10:25 / 15.06.2025
Rossiya Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishni kuchaytirdi - fotolar

23:14 / 14.06.2025
AQSh dronlarga qarshi mudofaa tizimlarini Ukrainadan Yaqin Sharqqa ko‘chirdi

18:00 / 14.06.2025
Zelenskiy Ukraina tinchlik uchun qanday murosaga tayyorligini aytdi

13:18 / 14.06.2025