Qadimiy oltin tangalarning noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Toshkent shahrida yashovchi shaxs 100 dona «Nikolay» tangalarini 67 ming dollarga sotishga uringan, uning xaridori bu madaniy boyliklarni xorijga olib chiqib pullashni rejalashtirgan.

Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona idoralarini jalb qilgan holda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi, 1966 yilda tug‘ilgan A.X. 100 dona oltin tangani Andijon shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan E.S.ga 67 ming dollarga sotgan vaqtida, ularning ikkisi ham ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, fuqaro A.X.ga tegishli avtomashinadan qo‘shimcha 37 dona oltin tangalar ham tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, sof og‘irligi jami 776 gramm bo‘lgan 5 va 10 rubl ko‘rinishidagi oltin tangalar numizmatik ashyolar sifatida madaniy boyliklar sirasiga kiradi hamda badiiy, tarixiy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Asllik darajasi 900 va 916 bo‘lgan mazkur qadimiy tangalar 1897-1911 yillar oralig‘ida bosib chiqarilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 950 mln so‘mni tashkil etadi.
Aniqlanishicha, fuqaro E.S. xalq tilida «Nikolay» tangalari deb aytiladigan ushbu tarixiy, moddiy qimmatliklarni Qirg‘izistonning O‘sh viloyatiga olib borib, sotishni rejalashtirgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
KXDR Rossiyani Ukrainaga qarshi urushda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi
Jahon | 11:35
-
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi
Iqtisodiyot | 11:15
-
Zelenskiy Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligida o‘zgarishlar amalga oshirdi
Jahon | 11:09
-
Zelenskiy: Rossiya butun dunyoga nafratini bildiryapti
Jahon | 11:05
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

07:21 / 25.04.2025
Shukrullo Isroilovga tegishli avtomobilni olib qochgan yigit qamaldi

16:07 / 16.04.2025
«Andijon turmasi» shahar tashqarisiga ko‘chiriladi - prezident

13:40 / 16.04.2025