Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi sohasida bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tartibga soluvchi bir qator NHH tasdiqlandi.

Foto: Kun.uz
Hujjat Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini tartibga solish, ularning asosiy vazifalari va funksiyalarini prezidentning "Suv xo‘jaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq belgilash maqsadida qabul qilingan.
Suv xo‘jaligini boshqarishni isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
● Suv xo‘jaligi vazirligi tuzilmasini yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘inlarga ajratish yo‘li bilan tashkil etish, funksiyalarini aniq ko‘rsatgan holda;
● Vazirlikning Yagona suv balansi va kadastrini yuritish bo‘yicha vakolatlarini belgilash;
● Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish;
● Sohaning strategik va innovatsion g‘oyalar, ilmiy asoslangan takliflar va tashabbuslar asosida rivojlanishini ta’minlash;
● Suv xo‘jaligi obektlarining xususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish;
● Suvdan foydalanish uchun ruxsat berish tizimini soddalashtirish;
● Mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish hisobiga sohaga malakali mutaxassislarni jalb qilish va kadrlar qo‘nimsizligini kamaytirish;
● Yirik suv xo‘jaligi obektlarini qurish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tizimini tubdan isloh qilish va tarmoq loyiha institutlarini faollashtirish.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
● Suv xo‘jaligi vazirligi to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlariga ish haqi va moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom;
● Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi budjet tashkilotlari ro‘yxati, shuningdek Suv xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti tizimidagi "Suvqurilishinvest" davlat muassasalari ro‘yxati;
● "O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi a’lochisi" ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom, nishonning tavsifi va uning guvohnomasi;
● Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimiga kiruvchi budjet tashkilotlariga xizmat avtomobillarini biriktirish qoidalari;
● "Termiz suv yo‘llari texnik uchastkasi", "Xo‘jayli suv yo‘llari texnik uchastkasi" va "Cholish suv yo‘llari texnika bo‘limi" davlat muassasalarining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
-
Kallas: Tramp Ukrainada tinchlikka erishish uchun Rossiyaga juda uzoq vaqt berdi
Jahon | 12:35
-
Toshkentda magistraturaga kirish uchun sertifikat olib berishni va’da qilganlar ushlandi
Jamiyat | 12:22
-
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
Jamiyat | 12:15
Mavzuga oid

11:49 / 12.07.2025
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

11:14 / 16.06.2025