Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
Rossiyaning turli idoralari, jumladan, FVV, Tergov qo‘mitasi va Federal jazoni ijro etish xizmatining sakkiz nafar generali lavozimidan olingani aytilmoqda.

Foto: RIA Novosti
Rossiyaning turli idoralari, jumladan, FVV, Tergov qo‘mitasi va Federal jazoni ijro etish xizmatining («FSIN») sakkiz nafar generali lavozimidan olindi. Bu haqda «RIA Novosti» vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib xabar berdi.
Lavozimdan olinganlar:
- Tergov qo‘mitasining Stavropol o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i adliya general-mayori Igor Ivanov;
- FVV Tezkor boshqaruv departamenti direktori o‘rinbosari general-mayori Aleksandr Molchanov;
- FVV Moskva viloyati boshqarmasi boshlig‘i ichki xizmati general-leytenanti Sergey Poletikin;
- Tergov qo‘mitasining Buryatiya bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i adliya general-mayori Vyacheslav Suxorukov;
- FVV Rostov viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i ichki xizmat general-leytenanti Sergey Filippov.
Nashr manbasi generallar nima sabab tufayli lavozimdan olinganiga aniqlik kiritmagan. Gap idoralardagi rejaviy o‘zgarishlar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.
FVVning Rostov va Moskva viloyatlari bo‘yicha boshqarmalari matbuot xizmatilari Filippov va Poletikin lavozimdan olinganini tasdiqladi. Poletikin «xizmat qilish yoshi chegarasiga yetganligi sababli shtatdan chetlashtirilgani» aytilmoqda.
Avgust boshlarida Rossiya Mudofaa vazirligi Innovatsion rivojlanish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari general-mayor Vladimir Shesterov korrupsiya ishi bo‘yicha qo‘lga olingan edi.
Undan oldin esa mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari Timur Ivanov, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining sobiq o‘rinbosari Vadim Shamarin, 24 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasi (VSK) bosh direktori Andrey Belkov, 1 avgust kuni esa Rossiyaning «Voyentorg» aksiyadorlik kompaniyasi bosh direktori Vladimir Pavlov Rossiya hibsga olingan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025