Mo‘g‘uliston vizalarni elektron shaklda berishni boshladi
Mo‘g‘uliston hukumati rasmiy va shaxsiy maqsadlarda mamlakatga kelayotgan xorijliklarga viza berishni soddalashtirdi. Endi 54 toifadagi vizalar elektron ko‘rinishda beriladi.

Foto: prian.ru
Mo‘g‘uliston hukumati rasmiy va shaxsiy maqsadlarda mamlakatga kelayotgan xorijliklarga viza berish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida viza olish jarayonini soddalashtirdi. Endi 54 toifadagi vizalar elektron ko‘rinishda beriladi.
«Taklif qilayotgan tomon «Immigration.gov.mn» elektron tizimi orqali vizani rasmiylashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ariza berishi mumkin. Oldinlari mamlakatimizga kelayotgan chet el fuqarolari viza olish uchun elchixonada ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi va bu ko‘p vaqt olardi. Boshqacha aytganda, investitsiya kiritish, mehnat yoki ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun Mo‘g‘ulistonga kelayotgan xorijliklar, shuningdek, ularning oila a’zolari sayt orqali 54 toifadagi vizaga ariza berishlari va javobni elektron tarzda olishlari mumkin», — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mamlakatda 2021 yildan beri turistik, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar uchun vizalar elektron ko‘rinishda taqdim etib kelinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich yildan yilga oshyapti. Birgina 2023 yilda turistik maqsadda keluvchilar uchun 36 mingta elektron viza berilgan bo‘lsa, joriy yilning oktabr oyigacha ularning soni 74 mingtaga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan edi. Tashrif davomida Toshkentda Mo‘g‘uliston elchixonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Stradivarining Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘g‘irlangan skripkasi Tokiodan topildi
Jahon | 01:59
-
Toshkentda 19 yoshli qiz harakatdagi Nexiaʼdan sakrab tushib qoldi
Jamiyat | 23:41 / 07.07.2025
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21 / 07.07.2025
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 07.07.2025
Mavzuga oid

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

22:37 / 29.06.2025
Avstraliya Tuvalu aholisi uchun maxsus iqlim vizasini beradi

19:40 / 28.06.2025