Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
U respublikachilar va demokratlarga raqobat qiladigan partiyasini «Amerika partiyasi» deb atagan.

Foto: EPA-Yonhap
Dunyodagi eng badavlat inson Ilon Mask AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bahslashuvlari ortidan respublikachilar va demokratlarning Amerika siyosatidagi uzoq yillik hukmronligiga qarshi chiqadigan yangi siyosiy partiya tashkil etilishini e’lon qildi.
«2 ga 1 nisbatda ustunlik bilan yangi siyosiy partiyani xohladingiz va siz uni olasiz. Mamlakatimiz haddan tashqari xarajatlar va korrupsiya sababli bankrotlik yoqasiga kelib qolganida, biz demokratiyada emas, balki bir partiyali tizimda yashayotganimiz ayon bo‘ladi», – deb yozdi Mask o‘ziga tegishli X ijtimoiy tarmog‘ida o‘quvchilari orasida o‘tkazilgan so‘rovnomadan keyin. «Bugun sizga ozodligingizni qaytarish uchun „Amerika“ partiyasi tuzildi», – deya qo‘shimcha qildi u.
Amerikalik biznesmen AQSh Mustaqillik kuni munosabati bilan so‘rovnoma o‘tkazgandi. Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi o‘quvchilaridan «ikki partiyali siyosiy tizimdan mustaqil bo‘lishni xohlaysizmi?» deb so‘radi. Unda ishtirok etganlarning uchdan ikki qismi (65,4 foiz) buni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 34,6 foiz foydalanuvchi qarshi chiqdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki partiyali tizimdan mustaqil bo‘lishning «usullaridan biri» – bu «Senatdagi ikki-uch o‘ringa va Vakillar palatasining sakkiz-o‘nta okrugiga e’tibor qaratishdir». «Qonunchilik organidagi minimal ustunlik hisobga olinadigan bo‘lsa, bu bahsli qonunlarga ovoz berishda hal qiluvchi ovozni ta’minlash va ular xalqning haqiqiy irodasiga javob berishlarini kafolatlash uchun yetarli», – deydi Ilon Mask.
Hozircha Amerika Federal saylov komissiyasi yangi partiya ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi biror hujjatni e’lon qilmadi.
Mask Trampni saylovoldi kampaniyasi va respublikachining ikkinchi muddati boshida ham og‘zaki, ham moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlagandi. Biroq, keyinchalik u Tramp ma’muriyatidan uzoqlashdi, o‘zi tuzgan «Hukumat samaradorligi departamenti» rahbari lavozimini tark etdi (u rasmiy ma’noda haqiqiy vazirlik emas) va keyinchalik ijtimoiy tarmoqlarda yangi budjet masalasida prezidentning o‘zi bilan qattiq torishuvga kirishdi.
Bu bahs yakunlangan hafta davomida qaytadan avj oldi, ammo bu budjet loyihasi Kongressda ma’qullanishiga xalal berolmadi: juma kuni Tramp uni imzoladi.
Mask Tramp taklif etgan budjet loyihasini isrofgarchilik va milliy qarzni oshirishi tufayli tanqid qilib keladi. «Mamlakatimizning xo‘jasizlik va korrupsiya tufayli xonavayron bo‘lishiga kelsak, biz demokratiyada emas, bir partiyali tizimda yashayapmiz», – deb yozgan tadbirkor.
Demokratik va Respublikachilar partiyalari XIX asrning o‘rtalaridan boshlab AQShda hokimiyatda bir-birini almashtirgan bo‘lsa-da, mamlakatda boshqa partiyalar ham mavjud bo‘lgan va hozir ham mavjud. Mask ilgari demokratlarni ham qo‘llab-quvvatlagan, ammo o‘tgan vaqt mobaynida u sezilarli darajada o‘ng tomon evolyutsiya qildi, shuning uchun uning ehtimoliy yangi partiyasi respublikachilarning ovozini ko‘proq tortib olishi mumkin.
Milliarder hozircha o‘zining keyingi siyosiy strategiyasini oshkor qilmagan. U AQShdan tashqarida tug‘ilgani uchun prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘ya olmaydi (AQSh Konstitutsiyasining 2-moddasi odatda shunday talqin qilinadiki, AQShda tug‘ilmagan shaxs prezidentlik lavozimini egallay olmaydi).
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
-
Rossiya fuqarolari zaharlanib vafot etgan Toshkentdagi mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
O‘zbekiston | 16:15
-
Misr O‘zbekistonga oliy navli urug‘lik kartoshkani bepul yetkazib beradi
O‘zbekiston | 15:56
Mavzuga oid

09:20
Tramp Yaponiya bilan yirik savdo bitimini e’lon qildi

07:40
Pistorius AQShdan Patriot'ni almashtirish bo‘yicha majburiyat kutmoqda

07:29
Tramp Barak Obamani davlatga xiyonatda aybladi

00:46