Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olgan shifokorga hukm o‘qildi
Sudda bemor bolaning onasi o‘g‘lining dori-darmonlari uchun pul topolmay turganini aytsa-da, shifokor avval pulni olib kelsang, keyin ishni bitirib beraman, deganini aytgan.
Sirdaryo viloyatidagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika vrachi nogiron bolaning onasidan tibbiy xulosa uchun pul olayotganda ushlangan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, psixionevrolog shifokori N. o‘zi davolayotgan nogiron bolaning sog‘lig‘i bo‘yicha tibbiy xulosani Asab va ruhiy kasalliklar dispanseri komissiyasidagi tanishlari orqali to‘g‘rilab berishni aytib, uning onasidan bir mln so‘m olayotganda huquq-tartibot organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Dastlabki surishtiruvda u bu qilmishini bemor bolaning onasiga yordam sifatida qilganini aytgan. Shifokorning bu qilmishi jinoyat sifatida baholanib, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiyer shahar sudida ko‘rib chiqilgan.
Sudda bemor bolaning onasi shifokor o‘z vakolati dorisida doimiy ravishda unga yordam ko‘rsatganini, lekin bu safar undan pul so‘raganini, o‘g‘lining dori-darmonlari uchun pul topolmay turganini aytsa-da, u avval pulni olib kelsang, keyin ishni bitirib beraman, deganini aytgan.
Shifokor bu ishi jinoyat ekanini tushunib, sud majlisida qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan.
Qayd etilishicha, sud Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan shifokorni sog‘liqni saqlash tizimida hamda mansabdor va moddiy javobgarlik vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilgan.
Shuningdek, unga BHMning 55 barobari (1 oktyabrdan 20 625 000 so‘m bo‘ladi) miqdorida jarima hamda 2 yil-u 6 oy 10 kun muddatiga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi

22:19 / 14.07.2025
Andijonda hokim o‘rinbosari, statistika bo‘limi boshlig‘i va sobiq mansabdorlar pora bilan ushlandi

10:00 / 13.07.2025
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti

10:16 / 10.07.2025