Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Ular tadbirkorlik sub’yektlarida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pul talab qilgan.

Foto: DXX
Andijon viloyati Soliq boshqarmasining Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – xizmat ko‘rsatish bo‘limi bosh inspektori qo‘lga olindi. Bu haqda DXX xabar bermoqda.
U mansab mavqeidan foydalanib, Oltinko‘l tumanida radio va teleapparaturalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJ tomonidan soliq va yig‘imlar bo‘yicha topshirilgan soliq hisobotlarida tovarlar realizatsiyasi to‘g‘ri aks ettirilmagani natijasida MChJga juda ko‘p miqdorda soliq hisoblanishi hamda soliq tekshiruvi o‘tkazilishini aytadi.
So‘ngra Soliq boshqarmasidagi hamkasblari orqali ushbu tekshiruvni o‘tkazmaslikni va’da qilib, evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi va muqaddam MChJ ta’sischisidan 500 AQSh dollari oladi.
U qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX va IJQKD xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Surxondaryo viloyati Soliq boshqarmasining Soliq organlari faoliyati ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh inspektori Jarqo‘rg‘on tumanida mototsikllar va ehtiyot qismlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi MChJga nisbatan o‘zining vakolatli hamkasblari orqali sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazish bilan qo‘rqitib, mazkur tekshiruvni amalga oshirmaslik evaziga MChJ rahbaridan 2500 AQSh dollari olgan vaqtida DXX va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda ushbu soliq idoralari xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Lukashenko navbatdagi prezidentlik saylovida qatnashmasligini aytdi
Jahon | 21:22
-
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54
-
Prezident 92 ming bitiruvchini ishga joylashtirishni buyurdi
O‘zbekiston | 20:44
-
«Ukraina mojarosi kutilganidan ertaroq muzlatilishi mumkin» – Polsha bosh vaziri
Jahon | 20:24
Mavzuga oid

11:42 / 07.08.2025
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

16:05 / 06.08.2025
1,2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

14:44 / 06.08.2025
Buxoroda bosh hisobchi va o‘rinbosari «otkat» bilan qo‘lga tushdi

09:35 / 06.08.2025