Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tark etadi
Qozog‘iston boks federatsiyasi IBA a’zoligidan chiqib, yangi tashkil etilgan Xalqaro boks federatsiyasiga (World Boxing) a’zo bo‘lmoqchi. Bu Los-Anjyeles–2028 olimpiadasida ishtirok etish istagi bilan bog‘liq.

Foto: AFP
Qozog‘iston boks federatsiyasi Los-Anjyeles – 2028 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish maqsadida Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) a’zoligidan chiqib, yangi tashkil etilgan Xalqaro boks federatsiyasiga (World Boxing) a’zo bo‘lmoqchi. Bu haqda Qozog‘iston boks federatsiyasi prezidenti Shaxmurat Mutalip ma’lum qildi.
«Hozir boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish masalasi XOQ darajasida muhokama qilinmoqda. Biz boksni Olimpiada oilasida saqlab qolish uchun barcha mamlakatlar bilan hamkorlikka tayyormiz. Bu qaror boksning keyingi rivojlanishiga ta’sir qilishiga ishonamiz. Butunjahon boks bo‘yicha Olimpiya komissiyasi raisi, Qozog‘iston Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan uchrashuvda mahalliy boksni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi», dedi mulozim.
Qayd etilishicha, bu qaror mahalliy bokschilarning olimpiya kelajagi bilan bevosita bog‘liq.
2023 yil aprel oyida Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Filippin, Shvetsiya va Qo‘shma Shtatlar vakillari yangi xalqaro federatsiya — World Boxing tashkil etilganini e’lon qilishdi. Shuningdek, ular «boshqaruv va halollik» bilan bog‘liq muammolar tufayli IBA a’zoligidan chiqishini e’lon qildi.
Shuningdek, 10 ta mamlakat Toshkentda bo‘lib o‘tgan IBA jahon chempionatini boykot qildi. Keyinroq IBA yettita milliy boks federatsiyasi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda IBA qirqqa yaqin ishtirokchidan ayrilgan. Osiyo Boks Konfederatsiyasi (ASBC) ham noyabr oyida IBA a’zoligidan chiqish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi.
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) va IBA o‘rtasidagi mojaro bir necha yillardan beri davom etmoqda. XOQ hatto boksni Los-Anjyeles-2028 Olimpiadasi dasturiga kiritmasligi ham mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
-
Tayvan armiyasi shahar ichida jang olib borish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini boshladi
Jahon | 21:54
-
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi
Jahon | 21:50
-
Germaniyalik yigit operatsiyalar yordamida oyoqlarini 24 santimetrga uzaytirdi
Jahon | 21:45
Mavzuga oid

16:56 / 23.06.2025
XOQ yangi rahbari rasman faoliyatini boshladi

21:24 / 27.05.2025
XOQ rossiyalik sportchilarni 2026 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlariga kiritmadi

16:55 / 11.04.2025
2028 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ayol sportchilar birinchi marta ko‘pchilikni tashkil qiladi

08:42 / 22.03.2025