AQShda ikki kishida miyani yeb qo‘yadigan chuvalchanglar aniqlandi
Bunday chuvalchanglar uzunligi 23 santimetrga yetadi, ular nafaqat miyaga, balki ko‘z va orqa miyaga kirib, markaziy asab tizimini og‘ir shikastlashi mumkin.

Foto: Getty Images
AQShning Kaliforniya shtatida yashovchi ikki kishida baylisaskaridoz – “yenot askaridasi” deb ataladigan halqali chuvalchanglarni keltirib chiqaruvchi parazitar kasallik aniqlandi. Bu haqda Los Angeles Times gazetasi xabar berdi.
Los-Anjyeles sog‘liqni saqlash departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, Baylisascaris procyonis parazitlari Saut-Bey ko‘rfazi aholisida aniqlangan.
Bunday halqali chuvalchanglar uzunligi 23 santimetrga yetadi va ular odatda yenotlarning ichagida yashaydi. Inson organizmiga tushgan lichinkalarning taxminan besh foizi miyaga o‘tib, uni yeya boshlaydi. Oqibatda miya keng ko‘lamda shikastlanib, shish kelib chiqadi.
Baylisascaris procyonis, shuningdek, ko‘z va orqa miyaga kirib, markaziy asab tizimining og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Los-Anjyeles okrugi hokimiyati kasallangan shaxslar va ularning hozirgi ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumot bermadi. Baylisaskaridoz odamlarda kamdan kam uchrasa-da, Kaliforniyada ko‘plab yenotlar aholi yashash joylariga yaqin hududlarda hayot kechiradi, bu esa kasallik yuqish xavfini oshiradi.
Nashrning ta’kidlashicha, bu parazitni yenotlar axlati bilan ifloslangan tuproq, suv yoki boshqa moddalarni iste’mol qilish orqali yuqtirish mumkin. Baylisaskaridoz kasalligi odamdan-odamga yuqmaydi.
Kaliforniya hukumati fuqarolarni qo‘llarini tez-tez yuvishga, yovvoyi hayvonlar bilan aloqadan qochishga va uy hayvonlaridan ham uzoqroq turishga chaqirdi. Press-relizda, shuningdek, 65 yoshdan oshgan odamlar, bolalar, homilador ayollar va immuniteti pasaygan kishilarda parazitlar bilan zararlanish xavfi yuqori ekani qayd etilgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Radikal isroilliklar Nablus hududidagi o‘nlab daraxtlarni yo‘q qildi
Jahon | 09:00
-
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi
Jahon | 08:44
-
YuNeSKO qarorgohida o‘zbek xalqining choy ichish bilan bog‘liq an’analari taqdim etildi
O‘zbekiston | 08:40
-
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

08:44
Hamas G‘azoda 60 kunlik sulh bitimiga «ijobiy» javob berdi

08:37
Tramp soliqlar to‘g‘risidagi «katta ajoyib» qonun loyihasini imzoladi

08:22
Aliyev: Ozarboyjon AQSh bilan do‘stlik va sheriklikka alohida ahamiyat beradi

23:34 / 04.07.2025