Farg‘onada dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar aniqlandi
Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanidagi yashirin sexlarda narxi 7 mingdan 26 ming so‘mgacha bo‘lgan bir necha turdagi dori vositalari yozuvi, qadog‘i hamda yorliqlari o‘zgartirilib, 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan qimmat dorilarga aylantirilgan. Aslida umumiy qiymati 89 mln so‘m bo‘lgan ushbu dori vositalari qalbakilashtirilgan holda savdoga chiqarilganida 625 mln so‘mgacha sotilishi mumkin bo‘lgan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi
Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida dori vositalarini qalbakilashtirayotgan yashirin sexlar faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va viloyat DXX xodimlari hamkorligida Qo‘qon shahri va Uchko‘prik tumanida tezkor tadbirlar o‘tkazilgan. Unda xonadonlardagi yashirin sexlarda bir necha nomdagi dorilar qalbakilashtirilayotgani fosh qilingan.
Xususan, dorixonalarda qiymati 7 mingdan 26 ming so‘mga qadar bo‘lgan “Kaspargin”, “Piratsetam”, “Deksamitazon”, “Askorbin kislotasi” kabi ampula shaklidagi dori vositalarining yozuvi, qadog‘i va yorliqlari o‘zgartirilib, ampulalarni esa bo‘yash orqali dorixonalardagi qiymati 70 mingdan 200 ming so‘mgacha bo‘lgan “L-Lizin Essinat”, “Tiotsetam”, “Midokalm”, “Retobolil”, “Diprospan” va “Aktovegen” kabi dorilar nomiga o‘zgartirilgan.
Ekspertiza dori vositalari qalbakilashtirilgani, ularning muvofiqlik sertifikatlari rasmiylashtirilmagani va saqlash sharoitlariga amal qilinmaganini tasdiqlagan.
Tezkor tadbirlar davomida yashirin tsehda aniqlangan dorilarning umumiy qiymati 89 mln so‘mni tashkil etgan. Agar ular qalbakalashtirish orqali savdoga chiqarilganida 625 mln so‘mgacha sotilishi mumkinligi qayd qilingan.
Ushbu ishni qilgan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Oldinroq Namanganda uyidagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqargan feldsher va uning sheriklari, jami 6 kishi turli muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi. Ular “Anaferon”, “Zodak”, “Vitamin V6” va “Xilak Forte” kabi dori vositalarini qalbaki usulda tayyorlagan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
1 avgustdan barcha viloyat va tuman hokimliklarida ish haqi oshiriladi
Iqtisodiyot | 16:08
-
Mers: Eron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lmasligi kerak
Jahon | 15:42
-
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi
O‘zbekiston | 14:59
-
Yo‘llardagi kameralar faqat jarima yozishi emas, transport oqimini boshqarishi kerak – prezident
O‘zbekiston | 14:52
Mavzuga oid

13:57 / 13.06.2025
Farg‘onada 45 yoshli erkak yosh bolani mashina yukxonasiga solib qo‘ydi

09:22 / 08.06.2025
Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

08:00 / 02.06.2025
Farg‘onada bank mas’ullari va hokim yordamchilarining qing‘ir ishlari aniqlandi

07:40 / 31.05.2025