Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda
Qahva narxi oxirgi marotaba 1970 yillarda, Braziliyadagi plantatsiyalarning 70 foizi sovuq urishi oqibatida nobud bo‘lganida rekord darajada ko‘tarilgan.

Foto: AP
Braziliyada yozdan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari va kuchli qurg‘oqchilik qahva plantatsiyalarini yakson qilmoqda, deb xabar beradi Associated Press.
Qayd etilishicha, San-Paulu shtatidagi eng yirik qahva yetishtiruvchi Kakonde munitsipaliteti fermerlari va mahalliy aholisi 600 gektarga yaqin yerni yakson qilgan yong‘inga qarshi kurashish uchun birlashgan.
«Biz 500-600 qop qahva yig‘ib olishni mo‘ljallagan edik, ammo taxminan yarmini tersak kerak. Qolgan yarmi yonib ketdi», — deydi Elio Moreyra de Arauju ismli fermer.
Shuningdek, mamlakatda qurg‘oqchilik ham qahva yetishtiruvchilarni qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Silvio Almeydaning qahva plantatsiyasi unumdor tuproqli hududda joylashgan. Biroq oxirgi vaqtda kuzatilayotgan suv yetishmovchiligi qahva daraxtlarining o‘sishiga to‘sqinlik qilyapti. «Hozirgi sharoitni hisobga oladigan bo‘lsak, 2025 yilgi hosilga ham zarar yetdi», — deydi Almeyda.
Qahva yetishtirish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan Vetnamda ham kuzatilayotgan jazima va qurg‘oqchilik hosilga ta’sir ko‘rsatmoqda. Ikki mamlakatda yetkazib beriladigan qahva hajmining kamayishi butun dunyoda uning narxi ko‘tarilishiga olib keladi.
Qahva narxi oxirgi marotaba 1970 yillarda, Braziliyadagi plantatsiyalarning 70 foizi sovuq urishi oqibatida nobud bo‘lganida rekord darajada ko‘tarilgan. Xalqaro qahva tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi yillarda ham qahva narxining oshishi kuzatilmoqda. Avgust oyida yashil qahva donalarining bir funti 2,38 dollardan sotilgan — bu o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 55 foizga qimmat demakdir.
Narxlarning ko‘tarilishiga Osiyoda qahvaga bo‘lgan talabning ortgani ham sabab bo‘lmoqda. Qurg‘oqchilik va yong‘inlar oqibatida Braziliyadagi arabika qahvasi yetishtiriladigan maydonlarning beshdan bir qismi nobud bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00
-
Tramp Erondan «so‘zsiz taslim bo‘lishni» talab qildi
Jahon | 21:59
-
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi
Jahon | 21:50
-
Dunyodagi eng yaxshi aviakompaniyalar reytingi tuzildi
Jahon | 21:13
Mavzuga oid

17:24 / 08.06.2025
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi

21:31 / 06.06.2025
Braziliyada fermer 36 mln dollar yutib oldi va 25 kundan keyin stomatolog qabulida vafot etdi

21:56 / 29.05.2025
Kanadada o‘rmon yong‘inlari minglab gektar maydonni egalladi

20:35 / 28.05.2025