Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Tergov davomida shirinlikni anonim muxlis emas, balki uning yaqin dugonasi jo‘natgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Braziliyada 17 yoshli Ana Luiza de Oliveyra Neves ismli qiz anonim muxlisi yuborgan shirinlikdan zaharlanib vafot etdi, deb xabar beradi CNN Brasil.
Qayd etilishicha, kurer tomonidan qizga yetkazib bergan desert qog‘ozida quyidagicha yozuv bo‘lgan: «Men shu vaqtgacha uchratgan eng chiroyli qiz uchun shirinlik». Sovg‘ani kim yuborgani ko‘rsatilmagan. Ana Luiza shirinlik bilan suratga tushgan va uni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan, keyin esa uni yegan.
Oradan bir soat o‘tgach, qizning ahvoli og‘irlashgan. Otasi uni shifoxonaga olib borgan. Shifokorlar zaharlanish tashxisini qo‘ygan, qator muolajalarni bajarib, Ana Luizani uyiga jo‘natib yuborgan. Ertasi kuni jabrlanuvchining ahvoli yomonlashgan — u hushini yo‘qotgan. Shifoxonaga olib ketilayotganida esa qiz vafot etgan. 3 iyun kuni Ana Luiza dafn etilgan.
Shifokorlarning taxminicha, zaharlanish shirinlik sabab kelib chiqqan. Politsiya tergovi davomida shirinlikni noma’lum muxlis emas, qurbonning yaqin dugonasi yuborgani aniqlangan. Gumonlanuvchi Ana Luizaning go‘zalligiga hasad qilgani bois shirinlikka margimush qo‘shganini tan olgan.
Ushbu qiz oldin ham jinoyatga qo‘l urgan: u ikki yigitini yo‘ldan urgan tanishi bilan ham xuddi shunday yo‘l tutgan. Birinchi qurbon omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda gumonlanuvchi voyaga yetmaganlar uchun mo‘ljallangan axloq tuzatish muassasasida.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
-
Avstraliyada 19 ta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi
Jahon | 19:14
-
Janubiy koreyalik baliqchilar 1,9 mln dollarlik tunetslarni dengizga qo‘yib yubordi
Jahon | 19:12
Mavzuga oid

14:31 / 11.07.2025
Hakerlar Braziliya banklaridan 140 million dollar o‘g‘irladi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

11:41 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi

06:02 / 22.06.2025