Aloqa Ventures Royal Taxi va Platma’ni moliyalashtiradi
AloqaBank ICT Week doirasida o‘zining yangi xizmat turlarini namoyish qildi hamda AloqaVentures tomonidan startaplarga investitsiya ajratdi. Haftalik doirasida Aloqa Ventures venchur fondi ikki startap – Royal Taxi hamda Platma bilan investitsiya shartnomasini imzoladi.

Foto: Aloqabank
Shuningdek, Aloqa Ventures Qozog‘istonning Activat VC venchur kompaniyasi va School 21 IT-maktabi bilan hamkorlik memorandumi imzoladi.
Bundan tashqari, “ICTWeek Uzbekistan 2024” haftaligi doirasida Aloqa Ventures tomonidan moliyalashtirilgan yana bir loyiha – Startup Garage ham namoyish qilindi. Ushbu loyihaning maqsadi innovatsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, sarmoya jalb qilish va yangi ish o‘rinlarini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Startup Garage doirasida yiliga 20 dan ortiq startap loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda bu orqali O‘zbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish rejalashtirilgan.
Haftalikda Aloqabankning Zoomrad mobil ilovasiga qo‘shilgan yangi imkoniyatlardan biri – Face Pay tizimi haqida ham ma’lumot berildi. Ushbu tizim savdo nuqtalarida to‘lovlarni yuzni skanerlash orqali amalga oshirishga imkon beradi. Bu esa ilovani yanada xavfsiz va ishonchli qiladi. Tizim hozirda sinov tariqasida ishga tushirilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar undan keng qamrovda foydalanish mumkin bo‘ladi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron ballistik raketalar uchun Xitoydan «ming tonna material» buyurtma qildi
Jahon | 18:56
-
Xitoyda yuzlab robotlar uchta tarixiy binoni ko‘chirdi
Jahon | 18:13
-
FIFA prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
Sport | 18:01
-
Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbalar: 400 dan ortiq dron va 40 ta raketa uchirilgan
Jahon | 17:54
Mavzuga oid

19:00 / 13.05.2025
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi

12:40 / 22.07.2024
O‘zbekistonda startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi tashabbus yo‘lga qo‘yildi

17:00 / 15.07.2024
AloqaBank 30 yillik yubileyi munosabati bilan aksiya e’lon qildi

19:03 / 27.06.2024