Rossiya qo‘shini Kursk oblastida qarshi hujumga o‘tdi
Rossiya va Ukrainadagi manbalar rus qo‘shinlari Kursk oblastida bir qancha aholi punktlarini qaytarib olgani haqida yozmoqda.

Foto: Reuters
Rossiya qismlari Korenevo rayonida oldinga siljiyotgani haqida ukrainlarning Deep State harbiy portali xabar berdi. Portal telegram-kanalida Rossiyaning zirhli texnikalari kolonnalari Snagost qishlog‘iga bostirib kelayotgani aks etgan kadrlar e’lon qilingan — bu Ukraina qurolli kuchlarining mazkur yo‘nalishdagi muhim tayanch punkti sanaladi. Bu kadrlarda kamida sakkizta tank va zirhli mashinalar ko‘ringan.
Deep State ma’lumotiga ko‘ra, rossiyaliklar «faol shturm harakatlarini boshlab, zirhli texnikalar bilan avvaliga Seym daryosidan o‘tgan, keyin esa boshqa kichikroq daryolardan ham».
Amerikalik harbiy ekspert Rob Li ham Snagost qishlog‘idagi janglar haqida yozgan. Uning ma’lumotiga ko‘ra, hujum, katta ehtimol bilan, Korenevo tomondan amalga oshirilan. «Ukrain harbiylarining ko‘priklarga zarbalariga qaramay, Rossiya zirhli texnikalarini Seym daryosi orqali o‘tkaza oldi», — deya yozgan u.
Z-kanallar Rossiya armiyasi sharq tomon tezlik bilan harakatlanib, Korenevo rayonida 150 km kv maydonda sakkizta qishloqni ozod etishga muvaffaq bo‘lganini yozmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligiga yaqin bo‘lgan «Rybar» va «Dva mayora» telegram-kanallariga ko‘ra, Rossiya armiyasi Gordeyevka va Vnezapnoye qishloqlarini egallab olgan. Ushbu aholi yashash manzillari Ukraina chegarasidan 4-6 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, avgust oyi o‘rtalaridan beri Ukraina qurolli kuchlari nazoratida edi.
«Zapiski veterana» telegram-kanali 9-10 sentabrdagi janglarda rus qo‘shinlari Ukraina qurolli kuchlarini Kursk oblastidagi to‘qqizta aholi punktidan siqib chiqargani haqida yozadi. Rossiya manbalarining ta’kidlashicha, rus qo‘shinlari avgust oyidagi hujum paytida Ukraina qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Korenevo yaqinidagi yana bir qancha qishloqlar hududida oldinga siljigan. Gap Byaxovo, Snagost va Apanasovka haqida ketyapti.
«Axmat» maxsus kuchlari komandiri, general mayor Apti Alaudinov «RIA Novosti»ga «o‘nga yaqin aholi punkti allaqachon tozalanib, Rossiya qo‘shinlari tomonidan nazoratga olingan»ini aytgan.
Ukraina hozircha Rossiya armiyasi Kursk oblastida qarshi hujum boshlagani va oldinga yurayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirmadi.
Agar Ukraina qurolli kuchlari Snagost qishlog‘ini boy bergani haqidagi ma’lumot tasdiqlansa, bu Rossiya qo‘shini Glushkovo rayonida chegara va Seym daryosi oralig‘ida qolib ketgan yirik guruhini qutqarib qolganini anglatadi.
Oldingi kunlardagi harbiy harakatlar tabiatiga ko‘ra, ukrain armiyasi chegaraning 70 km masofadagi uchastkasini qo‘riqlash uchun joylashtirilgan Rossiya bo‘linmalari uchun qurshov xavfini yuzaga keltirish hamda ularni shimolga, Seym daryosi ortiga chekinishga majbur qilishni ko‘zlayotgandi.
Daryo orqali o‘tgan barcha uch ko‘prik ishdan chiqarilgan, ularning o‘rniga o‘rnatilgan ponton kechuv yo‘llariga raketa zarbalari yo‘llanayotgandi.
Agar Ukraina qurolli kuchlari shimoldagi rayon markazlaridan hech bo‘lmasa bittasini — Glushkovo yoki Korenevoni o‘z nazoratiga ololganida — ushbu hududdagi rus qo‘shini qurshovda qolishi reallikka aylanardi, ammo ukrainlarning ushbu aholi yashash manzillariga qilgan hujumlari muvaffaqiyat keltirmadi va janglar pozitsion xarakter tus oldi.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni o‘z qismlarini chegaradan olib ketish o‘rniga ularni kuchaytirish bilan band bo‘ldi.
Tayanch punktlari boy berilishi Ukraina qurolli kuchlarining chap qanotidagi vaziyatni murakkablashtiradi. Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya armiyasi mazkur uchastkaga Tinch okeani floti 155-brigadasi kuchlari hamda Havo-desant qo‘shinlarin bo‘linmalarini tashlagan.
Katta ehtimol bilan, keyingi zarba yo‘nalishi Rilsk-Sudja trassasidagi Lyubimovka va Novoivanovka qishloqlari bo‘ladi, agar ushbu hududlarni ham boy bersa, Ukraina qurolli kuchlari Korenovo yaqinidagi ilg‘or bo‘linmalarini xavf ostida qoldiradi.
Tavsiya etamiz
Magic City'ning egasi yana o‘zgaradi
O‘zbekiston | 21:22 / 17.03.2025
«Balki uddalarmiz, balki yo‘q». Tramp ertaga Putin bilan gaplashishga va’da berdi
Jahon | 20:36 / 17.03.2025
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00 / 16.03.2025
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13 / 15.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda professor 380 mln yillik toshqoldiqlarning chiqindiga tashlab yuborilishiga sabab bo‘lgan universitetni sudga berdi
Jahon | 15:34
-
O‘zbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA): avtomobilsozlikni barqaror rivojlantirish uchun soha yetakchilarining birlashmasi
O‘zbekiston | 15:00
-
Dunyoning asosiy gastronomik shahri ma’lum qilindi
Jahon | 14:55
-
«Tashabbusli budjet»da majburiy ovoz to‘plangan loyihalar ovoz berish bosqichidan chetlatiladi
O‘zbekiston | 13:31
Mavzuga oid

12:32
«Begonalar zulm qilgani yo‘q, ammo o‘zimiznikilardan yordam kutmay qo‘ygandik» - sudjaliklar

10:25
Kurskdagi qurbonlar - komendantlik soatini buzganlar, vayronalar ostida qolganlar va yuragi dosh bermaganlar

00:18
Shveytsariya 30 mingdan ortiq ukrainalikni qochoq maqomidan mahrum qildi

18:17 / 17.03.2025