Ukraina ba’zi shartlarda Rossiyaga qo‘yilgan sanksiyalar olib tashlanishiga rozi
Bu avvalo xavfsizlikni ta’minlashga yordam berishi kerak.

Foto: AP
Ukraina bosqini tufayli G‘arbning Rossiyaga qo‘ygan sanksiyalari bekor qilinishi mumkin, agar bu Ukraina xavfsizligini ta’minlashga yordam bersa. Bu haqda Ukraina prezidentining sanksiyalar bo‘yicha vakili Vladislav Vlasyuk Politico nashriga ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy biznesning Rossiya bozoriga qaytishi «vaqt masalasidir». Ammo bu tegishli sharoitlarda sodir bo‘lishi kerak. Kiritilgan cheklovlar «faqat jazo emas», dedi Vlasyuk. Sanksiyalarning maqsadi, boshqa narsalar qatori, «Rossiyani o‘z tajovuzkorligini to‘xtatishga undash va uni mustahkam tinchlik bo‘yicha bitim tuzishga majbur qilish».
Ayni paytda, ukrainalik rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, kelishuvlarga qanday sanksiyalar kiritilishi mumkinligi haqida gapirishga hali erta. «Hozir biz Rossiya avvalo bu yo‘nalishda muhim qadamlar tashlashiga ishonch hosil qilmoqchimiz, keyin esa sanksiyalarni bekor qilish haqida gaplashish mumkin», dedi Vlasyuk.
Uning aytishicha, Rossiya vakillari allaqachon ma’lum cheklovlarni olib tashlash mumkinmi yoki yo‘qligini aniqlashga harakat qilmoqda. «Bu bizga qaysi sanksiyalar eng og‘riqli ekanini yaxshiroq tushunish imkonini beradi. <…> Biz bu tutqichdan oqilona foydalanishimiz kerak», deb qo‘shimcha qildi u.
«Ukraina xavfsizligini kafolatlaydigan har qanday uzoq muddatli kelishuvning bir qismi sifatida Kiyev o‘z xalqi uchun adolat izlaydi, ehtimol ukrainaliklar uchun tovon pulini talab qiladi», dedi Vlasyuk.
G‘arb nashrlarining yozishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchilari allaqachon Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatish variantlari ustida ishlamoqda. Cheklovlarni yumshatishning asosiy sharti Moskvaning Kiyev bilan tinchlik bitimini tuzishga roziligidir. Rad etilsa, Tramp Rossiyaga «keng ko‘lamli sanksiyalar» bilan tahdid qildi.
Rossiya va Ukraina o‘rtasida tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi dastlabki qadamlar doirasida Qo‘shma Shtatlar tomonlarga frontda 30 kunlik otashkesim joriy etishni taklif qildi. Ukraina hukumati bu taklifni qo‘llab-quvvatladi. Vladimir Putin, umuman olganda, Rossiya AQSh tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini, biroq «nyuanslar» va muhokama qilishni talab qiladigan masalalar borligini aytdi.
AQSh Putinning bu bayonotini «umidli, ammo to‘liq emas» deb atadi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning reaksiyasini «manipulyatsiya» va rad etishga tayyorlanish deb atadi. U Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

14:30 / 05.07.2025