Belarusda olimlar internetdan ro‘yxat bo‘yicha foydalanishga o‘tadi
Belarus Milliy fanlar akademiyasi ish joyida internetdan foydalanishga ruxsat beriladigan xodimlar ro‘yxatini tuzishga qaror qildi.
Belarus Milliy fanlar akademiyasi (MFA) ish joyida internetdan foydalanishga ruxsat beriladigan xodimlar ro‘yxatini tuzishga qaror qildi. Bu haqda kimyogar olim Sergey Besarab o‘zining Telegram kanali orqali ma’lum qildi.
MFA prezidiumi raisi Vladimir Gusakov ko‘rsatmasiga muvofiq, «internet tarmog‘idan foydalanish huquqiga ega xodimlar ro‘yxati» tayyorlanadi. Shuningdek, akademiya tashkilotlaridan birining xodimlari elektromobil uchun akkumulyatorlar yaratish ishlarini faollashtirishga safarbar etiladi.
Bundan tashqari, Gusakov akademiklarga muntazam Belarusdan tashqarida yashovchi yoki «Belarus Respublikasi va Fanlar akademiyasiga qarshi yo‘naltirilgan» faoliyat bilan shug‘ullanuvchi akademiklarni unvonidan mahrum qilish bo‘yicha nizomga qo‘shimcha kiritishni topshirgan.
«XXI asrning birinchi choragi, do‘stlar. Qayerdadir, koinotning boshqa burchagida Brayan Jonsonlar, Ilon Mask va Sem Altmanlar zerikkan», — deb yozadi Besarab.
Belarus hukumati internetdan foydalanishni cheklashga birinchi marta urinmayapti. 2020 yil avgustda ommaviy norozilik namoyishlari fonida mamlakatda 70 dan ortiq saytlarga kirish cheklangan edi. 2022 yil bahorda esa mamlakatning qator viloyatlari internetdan uzib qo‘yildi. Ukraina razvedkasiga ko‘ra, shu orqali Rossiya va Belarus maxsus xizmatlari rus harbiy texnikalarining Ukraina yo‘nalishida harakatlanishiga oid ma’lumotlar tarqalishini to‘xtatmoqchi bo‘lgan.
2022 yil mayda Aleksandr Lukashenko Belarus OAV xodimlariga murojaat bilan chiqib, «axborot urushi» haqida gapirgan va «mamlakat tarixi va madaniyatini o‘zgartirmoqchi bo‘lganlarga yutqazib qo‘ymaslikni» ta’kidlagan edi. O‘tgan yilning yozida Lukashenko xorij OAV faoliyatini cheklashga xizmat qiladigan qonunni imzolagan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bank 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi
O‘zbekiston | 09:17
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
Mavzuga oid

22:21 / 18.06.2025
Eronda internetga kirish cheklab qo‘yildi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

20:41 / 08.06.2025
Shimoliy Koreyada qo‘qqisdan internet ishlamay qoldi

22:02 / 31.05.2025