To‘raqo‘rg‘on tumaniga yangi hokim tayinlandi
Sherali Qosimov To‘raqo‘rg‘on tumanining yangi hokimi sifatida ish boshladi. Tumanning oldingi hokimi Mirbuloq tumani rahbarligiga o‘tkazilgandi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi
27 avgust kuni xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.
Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Sherali Abduqahhorovich Qosimovni To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorini bir ovozdan tasdiqladi.
Sherali Qosimov 1986 yilda Namangan tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida viloyat moliya boshqarmasida turli vazifalarda ishlagan.
Namangan tumani hokimligi moliya bo‘limi mudiri, Namangan tumani hokimi o‘rinbosari, Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi bo‘sh turgan obektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
Yangi tayinlovga qadar esa Pop tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari-tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
To‘raqo‘rg‘on tumaniga 2022 yil martidan buyon hokimlik qilib kelgan Ahror Ahmadaliyevich Mansurov joriy yilning 7 avgust kuni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025