Putin Ukrainani Kursk AESga hujum qilishga urinishda aybladi
Kechasi Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga «zarba berishga urindi», dedi Rossiya prezidenti. U o‘z so‘zlarini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirmadi.

Foto: IMAGO/ITAR-TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainani Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringanlikda aybladi. «Dushman bugun tunda AESga zarba bermoqchi bo‘ldi», — deya uning Ukraina qurolli kuchlarining 22 avgust, payshanba kuni Kursk viloyatidagi hujum operatsiyasiga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi so‘zlaridan iqtibos keltirgan TASS davlat agentligi.
Putin o‘z ayblovlari bo‘yicha hech qanday dalil keltirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (AEXA) xabardor qilgan, uning mutaxassislari vaziyatni baholash uchun voqea joyiga kelishi kerak.
Bir necha soat avval Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatida davom etayotgan harbiy amaliyoti fonida mintaqa bir qancha shaharlarida temir-beton boshpanalar o‘rnatish boshlanganini ma’lum qilgandi - gap atom elektr stansiyasi joylashgan Kursk, Jyeleznogorsk va Kurchatov haqida ketyapti.
AEXA bosh direktori Kursk AESga boradi
Kuni kecha AEXA bosh direktori Rafael Grossi kelasi hafta Moskva taklifiga binoan Kursk atom elektr stansiyasiga tashrif buyurish niyatida ekanini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, stansiya hozirda «texnik jihatdan Ukraina qurolli kuchlarining artilleriyasi masofasida».
Kursk AES - Rossiyadagi eng yirik elektr stansiyalaridan biri. U to‘rtta energiya blokidan iborat bo‘lib, ulardan ikkitasi Ukraina qurolli kuchlarining mintaqadagi faol harakatlari fonida ishlashda davom etmoqda. "Rosatom" 8 avgust kuni AES hududidan urib tushirilgan raketalarning bo‘laklari topilganini ma’lum qildi. Ukraina tashqi ishlar vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishni rejalashtirmayotgani va hujum qilishni xohlamasligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Putin Rossiya Odessaga da’vo qilmasligi shartini aytgan – «Kommersant»
Jahon | 22:26 / 19.03.2025
Qozog‘istonda amaldorlar qamoqxonalarga ekskursiyaga olib borilmoqda
Jahon | 18:16 / 19.03.2025
Tramp: «Ukrainaga bosim o‘tkazishga majbur bo‘lgandik»
Jahon | 20:53 / 18.03.2025
Temu O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
O‘zbekiston | 20:25 / 18.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Kiyevga Ukrainadagi AESni AQSh nazorati ostiga olishni taklif qildi
Jahon | 12:36
-
Zargarlik sohasidagi huquqbuzarliklar uchun jarima miqdori oshiriladi
O‘zbekiston | 12:35
-
Serbiya parlamenti bosh vazir Vuchevichning iste’fosini ma’qulladi
Jahon | 12:27
-
Markaziy bank asosiy stavkani oshirdi
Iqtisodiyot | 12:22
Mavzuga oid

23:34 / 19.03.2025
Tramp va Putin muloqoti: bayonotlarga qarab, qanday xulosalar qilish mumkin?

22:33 / 19.03.2025
Putin va Tramp suhbati: dunyo tinchlikka yaqinlashmadi

22:09 / 19.03.2025
Trampning Putin bilan kelishuviga qaramay, Rossiya va Ukraina energetika obektlarini o‘qqa tutishda davom etdi

16:21 / 19.03.2025