Fan-texnika | 16:47 / 19.03.2025
3861
8 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xiaomi jahon bozorida fotosurat san’atini yangi cho‘qqiga olib chiquvchi Xiaomi 15 seriyasini taqdim etmoqda

O‘zbekistonda sotuvlar 2025 yil 19 martdan boshlanishi rejalashtirilgan.

Yangi modellar Leica Summilux optikasi va eng so‘nggi Xiaomi HyperOS 2 operatsion tizimi tufayli foydalanuvchilarga noyob imkoniyatlar taqdim etib, professional mobil suratga olish uchun mukammal yechimlar sifatida taqdim etilmoqda.

Foto: Xiaomi 

Xiaomi 15 Ultra: Suratning yuqori cho‘qqisi

Xiaomi 15 Ultra dizayni klassik fotokameradan ilhom olingan bo‘lib, qora, oq va kumush xrom ranglarida mavjud. Kumush xrom modeli ayerokosmik sinfidagi shisha toladan va qurilmaning retro uslubini ta’kidlovchi eko-charmdan tayyorlangan.

Foto: Xiaomi 

Smartfon 6,73 dyuymli WQHD+ (3200x1440 piksel, 522 ppi) ajoyib AMOLED-displey bilan jihozlangan bo‘lib, uning eng yuqori yorqinligi 3200 nitgacha yetadi. Bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurida ham mukammal ko‘rinishni ta’minlaydi. Ekran ravon ishlash va quvvatni tejash uchun 1-120 Gs oralig‘ida dinamik yangilanish chastotasiga ega. 68 milliard rangni aks ettirish, DCI-P3 rang maydoni qamrovi, HDR10+ va Dolby Vision® texnologiyalari qo‘llab-quvvatlanadi. Displey Xiaomi Shield Glass 2.0 va Gorilla Glass 7i mustahkam shishalari bilan himoyalangan.

Leica kameralar tizimi 50 MP asosiy Sony LYT-900 (1 dyuym, ƒ/1.63) sensorini, 10 sm masofadan makrosurat olish funksiyasiga ega 70 mm Leica telefoto va 200 MP (100-200 mm) ultratelefoto kameralarini o‘z ichiga oladi. Manzaralar uchun 14 mm o‘lchamli ultra keng burchakli kamera mavjud. 120 kadr/soniyagacha 4K video suratga olish, OIS va EIS barqarorlashtirish tizimlari, shuningdek Dolby Vision® texnologiyasi va 10 bitli Log yozuvi qo‘llab-quvvatlanadi. To‘rtta mikrofon yuqori sifatli ovoz yozishni ta’minlaydi.

Xiaomi 15: ixcham ko‘rinishda flagman mukammalligi

Foto: Xiaomi 

Xiaomi 15 to‘rt xil rangda taqdim etiladi: qora, oq, yashil va suyuq kumush. U zamonaviy dizayni va 1,38 mm qalinlikdagi o‘ta yupqa hoshiyalari bilan ajralib turadi. Smartfon 6,36 dyuymli AMOLED CrystalRes (2670 x 1200, 460 ppi) ekrani bilan jihozlangan bo‘lib, 3200 nitgacha yorqinlikka ega va 68 milliardgacha rangni aks ettira oladi. DC dimming qoraytirish texnologiyasi hamda TÜV Rheinland Low Blue Light va Flicker-Free sertifikatlari tufayli kontent ko‘rish paytida yuqori darajadagi qulaylik ta’minlanadi va uzoq muddat foydalanishda ham foydalanuvchilarning ko‘zlariga tushadigan zo‘riqish minimallashtiriladi.

14-120 mm oralig‘idagi Leica kameralari turli suratga olish vaziyatlarida a’lo natijalarni ta’minlaydi. Asosiy kamera 50 MP sensorli va ƒ/1.62 diafragmali bo‘lib, Leica 60 mm teleobektivi makro suratga olishga mos keladi, Leica 14 mm ultra keng burchakli kamerasi esa ta’sirchan keng burchakli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Tezkor suratga olish rejimi lahzani 0,6 soniyada qayd etishga imkon beradi. Videoga olish imkoniyatlari 30 kadr/s tezlikdagi 8K va 4K Dolby Vision® formatlarini o‘z ichiga oladi.

Foto: Xiaomi 

Samaradorlik va mustaqil ishlash qobiliyati

Xiaomi 15 seriyasidagi smartfonlar TSMC 3 nm texnologiyasiga ega eng yangi Snapdragon® 8 Elite protsessori bilan jihozlangan bo‘lib, u protsessor samaradorligini 45 foizga va grafik protsessor samaradorligini 44 foizga oshiradi. Xiaomi IceLoop sovutish tizimi yuqori yuklamalarda ham barqaror ishlashni ta’minlaydi.

Xiaomi 15 Ultra 90 Vt quvvatli HyperCharge va 80 Vt simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega 5410 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Xiaomi 15 esa 90 Vt quvvatli HyperCharge va 50 Vt simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega 5240 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega.

Xiaomi HyperOS 2

Xiaomi HyperOS 2 operatsion tizimi Xiaomi HyperCore va HyperConnect texnologiyalari tufayli yaxshilangan samaradorlik va moslikni taqdim etadi. AI-Lastik Pro, AI-Aks yo‘qotish, AI -Tarjimon va AI-Film kabi sun’iy intellekt vositalari foydalanuvchilarning ijodiy imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi.

Qo‘shimcha ulanish funksiyalariga Wi-Fi 7, NFC, ikkita SIM-karta (jumladan, eSIM) qo‘llab-quvvatlash, Bluetooth 6.0 va USB -C kiradi.

Foto: Xiaomi 

Narxlar va maxsus taklif

O‘zbekistonda smartfonlar narxi: Xiaomi 15 - 11 800 000 so‘mdan, Xiaomi 15 Ultra - 17 800 000 so‘mdan.

Maxsus takliflar 31 martgacha amal qiladi: Xiaomi 15 Ultra xarid qilinganda - Xiaomi Watch S3 aqlli soati, Xiaomi 15 xarid qilinganda - Xiaomi Buds 5 simsiz quloqchinlari sovg‘a sifatida beriladi.

Foto: Xiaomi 

O‘zbekistondagi xaridorlar uchun maxsus taklif:

19 martdan 31 martgacha:

● Xiaomi 15 Ultra xarid qilinganda - Xiaomi Watch S3 aqlli soati sovg‘a sifatida taqdim etiladi.

● Xiaomi 15 xarid qilinganda - sovg‘aga Xiaomi Buds 5 simsiz quloqchinlari.

Yangi qurilmalarni rasmiy savdo kanallaridan xarid qilishingiz mumkin:

Mistore, Texnomart, MediaPark, CA Store, Joy Box.

Instagram | Telegram | Servis markazlari manzillari | Qo‘llab-quvvatlash raqami: +998 71 205 57 85

Xiaomi Corporation haqida

Xiaomi korporatsiyasi 2010 yil aprel oyida tashkil etilgan va 2018 yil 9 iyulda (1810.HK) Gonkong fond birjasining asosiy platformasiga chiqarilgan. Xiaomi iste’mol elektronikasi va intellektual uskunalar ishlab chiqaruvchi kompaniya bo‘lib, uning asosini IoT platformasiga birlashtirilgan smartfonlar va aqlli qurilmalar tashkil etadi.

"Foydalanuvchilar bilan do‘stlashish va foydalanuvchilar qalbidagi eng zo‘r kompaniyaga aylanish" g‘oyasiga sodiq qolgan holda, Xiaomi doimiy ravishda innovatsiyalar, yuqori darajadagi foydalanuvchi bilan aloqa va operatsion samaradorlikni oshirishga intiladi. Kompaniya tinimsiz ravishda adolatli narxlarda ajoyib mahsulotlarni yaratadi, bu esa butun dunyo bo‘ylab odamlarga innovatsion texnologiyalar tufayli yanada qulay hayotdan bahramand bo‘lish imkonini beradi.

Xiaomi - smartfonlar ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. 2024 yil sentabr oyida kompaniyaning oylik auditoriyasi (MAU) butun dunyo bo‘ylab taxminan 685,8 million foydalanuvchiga yetdi. Xiaomi, shuningdek, iste’mol elektronikasi uchun dunyodagi eng yirik AIoT platformalaridan birini (AI+IoT) yaratdi; 2024 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra, unga 861,4 millionga yaqin aqlli qurilmalar (smartfonlar, noutbuklar va planshetlarni hisobga olmaganda) ulangan. 2023 yil oktyabr oyida Xiaomi o‘zining "aqlli" ekotizim yondashuvi uchun "Inson × avtomobil × uy" strategiyasini taqdim etdi - u shaxsiy qurilmalar, aqlli uy mahsulotlari va avtomobillarni organik ravishda birlashtirishga mo‘ljallangan. Xiaomi har doim odamlarni markazga qo‘yadi va yanada to‘liq, qulay va bog‘liq o‘zaro ta’sirni ta’minlashga intiladi.

Xiaomi mahsulotlari dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalarida taqdim etilgan. 2024-yil avgust oyida Xiaomi ketma-ket oltinchi marta Fortune Global 500 ro‘yxatiga kirdi.

Xiaomi Hang Seng Index, Hang Seng China Enterprises Index, Hang Seng TECH Index va Hang Seng China 50 Index indekslari tarkibiga kiradi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid