“Huquq fanidan test tuzish testologiya qoidalariga to‘g‘ri kelmaydi” - BMBA mas’uli
Yurisprudensiya yo‘nalishi uchun abituriyentlarni huquq fanidan test qilishni Adliya vazirligi qayta ko‘rib chiqishi ehtimol to‘g‘ri bo‘ladi, dedi Bilimlarni baholash agentligi rasmiysi Zafarbek Olimov. Uning fikricha, huquqshunoslik tez o‘zgaruvchan fan bo‘lgani uchun undan test tuzish maqsadga muvofiq emas.

Foto: AOKA
Bilim va malakalarni baholash agentligi o‘tkazgan matbuot anjumanida huquq fanidan tushgan savollar mavzusi ko‘tarildi. Mas’ullarga aynan huquqshunoslik fanidan test tuzish muammoli emasmi degan savol ham berildi. Buni agentlik boshqarma boshlig‘i Zafarbek Olimbekov quyidagicha izohladi.
“Men fanlar doirasiga huquqshunoslik fanini kiritish masalasi muammoli deb hisoblaganman. Chunki testologiyaning qonun-qoidasiga ko‘ra, biz bola o‘qimagan mavzu bo‘yicha unga savol berishimiz mumkin emas. Lekin huquqshunoslik – juda tez o‘zgaruvchi fan. Dastur bo‘yicha bola 9-sinfda boshqa konstitutsiyani o‘qidi, maktabni bitirayotganida konstitutsiya almashdi. U boladan biz eskisini emas, yangi konstitutsiyani so‘rayapmiz-da. Mana shu joyda ham huquqshunoslik fani testologiya qoidalariga zid kelayotganini ko‘rsatyapti. Chunki bola o‘qigan dastur o‘zgarmasa-da, u o‘qigan bilimning mazmuni o‘zgarib ketyapti.
Nima sababdan o‘zgartiryapmiz, chunki qonun hujjatlarida ortga qaytish yo‘q. Bola mana shu qonunni o‘qib o‘qishga kirmasa, kuchdan qolgan yuridik qonunni o‘qishidan unga nima naf? Balki Adliya vazirligi odamlar, ota-onalar, yoshlar o‘rtasidagi ijtimoiy o‘zgarishlarga asoslanib bunga boshqacha yondashishi kerakdir. Bu esa bizning vakolatimizdan tashqaridagi narsa”, – dedi u.
Avvalroq huquq fanidan test topshirgan abituriyentlar Bilimlarni baholash agentligi darslikka kiritilmagan savollardan foydalangani, testlarda to‘g‘ri javoblar soni bir nechta ekani, imtihondagi testlar namunaviy testlardan farq qilganidan shikoyat qilishgan edi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bayram bayramday bo‘ldi. O‘zbekistonning tarixiy o‘yinidan Kun.uz fotoreportaji
Sport | 00:13
-
Islom To‘xtaxo‘jayev o‘ziga berilgan BYDʼni jamoadoshi Bobur Abduxoliqovga sovg‘a qildi
Sport | 23:49 / 10.06.2025
-
300 ming dollar vasvasasi yoxud qotillik bilan tugagan sheriklik - suddan reportaj
Jamiyat | 23:40 / 10.06.2025
-
10 iyun yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:33 / 10.06.2025
Mavzuga oid

15:06 / 16.04.2025
Britaniya Huquqshunoslik universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etishi mumkin

18:39 / 11.10.2024
Abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligini sudga berdi

17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?

15:20 / 19.09.2024