Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB Trampni otganning shaxsini ochiqladi
AQSh Federal qidiruv byurosi ma’lumotida aytilishicha, Donald Trampni o‘ldirishga uringan shaxs - pensilvaliyalik 20 yoshli Tomas Metyu Kruks bo‘lgan.

Foto: Gene J. Puskar / AP / Scanpix / LETA
AQSh sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirishda gumonlanganning shaxsi ma’lum bo‘ldi — bu Pensilvaniya shtati, Betel-Park shaharchasidan bo‘lgan 20 yoshli Tomas Mettyu Kruksdir, deb xabar bermoqda The Washington Post Federal qidiruv byuroga asoslanib.
Betel-Park suiqasd ro‘y bergan Batlerdan 70 km masofada joylashgan.
Kruks 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahrida Tramp tarafdorlari ishtirokidagi miting chog‘ida o‘t ochgan. Kruks miting joyidan taxminan 100-120 metr masofadagi qo‘shni bino tomidan turib, AR-15 rusumli yarimavtomat miltiqdan o‘t ochgan.
Otishma chog‘ida mitingga kelganlardan biri halok bo‘lib, yana ikki nafari yaralangan va og‘ir ahvolda qolmoqda. O‘qlardan biri Donald Trampning ham o‘ng qulog‘i yuqori qismini yalab o‘tgan. Bosh qismi qonga belangan holda ko‘rinish bergan sobiq prezident darhol shifoxonaga olib ketilgan. Trampning saylovoldi kampaniyasi vakillari hozirga kelib u bilan «barchasi joyida» ekanini ma’lum qilgan.
AQSh sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirishda gumonlanuvchi Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan otib o‘ldirilgan. FQB ma’lumotiga ko‘ra, u muqaddam jinoiy javobgarlikka tortilmagandi. Uning motivlari o‘rganilmoqda.
Bu vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda Kruks «respublikachilar va Trampdan nafratlanishi»ni aytgan video tarqalmoqda. U respublikachilar «noto‘g‘ri odamni tanlagani»ni qo‘shimcha qiladi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salqinlikni saqlab qoling: yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat
Jamiyat | 15:18
-
Eskalatorlar xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglament tasdiqlanadi
O‘zbekiston | 15:05
-
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:00
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
Mavzuga oid

11:05
Putin sanksiyalarga qaramay urushni davom ettirmoqchi

07:20
Tramp sentabrda Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan keladi

23:36 / 15.07.2025
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi

22:31 / 15.07.2025