OCCRP: Rashid Qodirovning o‘g‘li Dubayda 8 mln dollarlik ko‘chmas mulklarga egalik qiladi
Xalqaro surishtiruvchi jurnalistlar guruhining aniqlashicha, O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Qodirov Dubayda umumiy qiymati qariyb 8 mln dollarni tashkil qiluvchi 4 ta ko‘chmas mulk obektiga egalik qiladi. U 2018 yilda tovlamachilik va firibgarlikda ayblanib qidiruvga berilgandi.

OCCRP
O‘zbekiston sobiq bosh prokurori Rashid Qodirovning o‘g‘li Alisher Qodirov Dubayda 7 mln 975 ming dollarlik ko‘chmas mulk obektlariga egalik qiladi. Bu haqda xalqaro surishtiruvchi jurnalistlarning Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiya haqida xabar berish loyihasi (OCCRP) ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Alisher Qodirovning Marina Plaza'da to‘rtta ofisi bor. Har birining qiymati 1,9 mln dollardan 2,1 mln dollargacha baholangan.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan Alisher Qodirovga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi.
U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi A-bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik), 165-moddasi 3-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdordagi tovlamachilik), 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (ko‘p miqdordagi firibgarlik), 168-moddasi 4-qismi “a” bandida (juda ko‘p miqdordagi firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etishda gumonlandi.
Alisher Qodirovga nisbatan e’lon qilingan qidiruvning joriy holati qandayligi noma’lum, chunki IIVning rasmiy saytidagi qidiruvdagi shaxslarni ko‘rish platformasi ancha paytdan beri ishlamaydi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:59 / 13.05.2025
Alisher Qodirov maktabda bolalarga “Katyusha” yodlatilgani holati yuzasidan Maktab vazirligidan izoh so‘radi

19:04 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi

18:01 / 11.04.2025
“Oqibatlari og‘ir bo‘ladi” - Alisher Qodirov internetdagi “axborot loyihalari” haqida

11:18 / 23.03.2025