Tug‘uruqni amalga oshirish xizmatlariga nodavlat tibbiyot tashkilotlari jalb qilinadi
Tug‘uruq majmualarida bosqichma-bosqich zamonaviy menejyerlar boshqaruvini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Prezidentning “Respublika tug‘uruq majmualari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish hamda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi prezident administratsiyasining 2024 yil 30 yanvardagi topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Qaror loyihasida respublika tug‘uruq majmualari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv usullarini joriy qilish hamda “Onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi”ni tasdiqlash kiritilgan.
Bunda:
- tug‘uruq majmualarida bosqichma-bosqich zamonaviy menejyerlar boshqaruvini yo‘lga qo‘yish;
- respublikadagi barcha tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar va oilaviy poliklinikalarining akusher-ginekolog lavozimlarini tegishli tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibidagi tug‘uruq majmualari boshqaruviga o‘tkazish;
- tug‘uruq muassasalari hamda birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalardagi “Ayollar maslahatxonasi” bo‘limida homilador ayollarning holatidagi o‘zgarishlarni tizimli va kompleks nazorat qilib borish bo‘yicha yagona elektron bazani to‘liq joriy qilish;
- davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida tug‘uruq muassasalari negizida homiladorlar uchun sanitar-epidemiologik me’yorlarga mos sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha o‘rin-joy fondini tashkil etish;
- tug‘uruqni amalga oshirish xizmatlariga nodavlat tibbiyot tashkilotlarini jalb qilish;
- onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qo‘shimcha choralar kiritilishi nazarda tutilgan.
Bildirilishicha, qarorning qabul qilinishi natijasida tug‘uruq muassasalarida shaffoflikka, korrupsiyaning oldini olishga, homilador, tug‘uvchi va tug‘gan ayollarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar samaradorligiga erishiladi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida
O‘zbekiston | 16:10
-
Ko‘plab avtobus bekati talabga javob bermaydi – Raqobat qo‘mitasi
O‘zbekiston | 15:59
-
O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi ochildi
O‘zbekiston | 15:45
Mavzuga oid

21:43 / 04.06.2025
Yaponiyalik olimlar barcha guruhlarga mos keladigan qonni ishlab chiqdi

14:55 / 30.05.2025
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi

22:23 / 17.05.2025
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi

11:10 / 09.05.2025