O‘zbekiston | 14:55 / 30.05.2025
1508
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi

Toshkentda sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov Qozog‘iston sog‘liqni saqlash vaziri Akmaral Alnazarova bilan uchrashdi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, keyingi yillarda ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlarini o‘tkazish va uni Orolbo‘yi hududidan boshlash, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi diplomlarning o‘zaro tan olinishi masalalari muhokama qilindi.

Qolaversa, bolalar onkogematologiyasi, orfan kasalliklarini davolash, kardioxirurgiya, onkologiya, farmatsevtika, tibbiy sug‘urta va birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hamkorlikda tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish ishlarini kuchaytirish ham sohani rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan ikki davlat Sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha asosiy chora-tadbirlar rejasini imzoladi. 

Mavzuga oid