Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Bunday holatlar davlatni xalqaro darajada obro‘sizlantiradi" - Buxoro hokimi "ishi" faollar nigohida
O‘tgan hafta bog‘chadagi obektni sud-pudsiz ichidagi odami bilan buzib, yo‘q qilishni buyurgan Buxoro hokimi Botir Zaripov hali-hanuz keng muhokamada. Hokimlik rasmiy raddiya berib, odamlarni noto‘g‘ri tushunganlikda aybladi. Kun.uz suhbatlashgan jamiyatshunos fikricha, amaldor Zaripov hech bo‘lmasa xalqdan uzr so‘rashi kerak edi. Hokimning iste’fosini kutgandim, deydi Mahmud Yo‘ldoshev.

22 may kuni Buxoro viloyatidagi bog‘chalardan birida bo‘lgan hokim Botir Zaripov o‘z jamoasiga bu hududda qog‘ozsiz qurilgan obektni sud-pudni kutmay buzib, ichidagi odami bilan ko‘mib tashlashni buyurdi. Uning yonida turgan IIB hamda prokuror, hokimiyat vakillari Zaripov buyrug‘ini darhol tasdiqlagan. Bu video esa o‘tgan hafta keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Faollar hokimni tiriklayin odam o‘ldirishni targ‘ib qilayotganlikda, yana ba’zilar esa hokim rahbarlarga noloyiq so‘zlarni ishlatganini yozdi. Kun.uz suhbatlashgan faollar fikricha, hokim hech bo‘lmasa xalqdan uzr so‘rashi kerak edi.
“Yechim shuki, hokim tepadan turib, ishdan olinishi kerak edi. Bu juda qo‘pol variant. Yoki bo‘lmasa, u xalqdan uzr so‘rashi kerak edi. Bilasizmi, davlat ishi, jamiyatni boshqarish qiyin ish ekan deya iste’fo berganida balki u hurmatga ham sazovor bo‘lardi. Yumshoq qilib aytganda, bu gaplari bilan hokim ma’muriy jinoyatga qo‘l urgan” - Mahmud Yo‘ldoshev, jamiyatshunos
Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, Buxoro hokimining tarmoqda bunday gaplari oldidan yulduz bo‘lishi umumiy kasallikning bir ko‘rinishi. O‘zbekistondagi hokimlar bilan bunday voqealar tez-tez uchraydi va eng yomoni biror rahbar gapirgan gapi uchun jiddiy jazoga tortilmagan. Qonun ustuvor bo‘lishi kerak, oldingilari jazolanmagani uchun endi bu gal ham gapirib bo‘lmaydi, deydi Tashanov.
“Kelinimning oyog‘i egriligini bilardim, lekin qo‘lga tushgani yomon bo‘ldi-da, degan qo‘pol hazil bor. Botir Zaripovning voqeasi ham xuddi shunday, ya’ni bu holat umumiy kasallikning bir xuruji. U endi qanday qilib xalq oldiga chiqadi, qanday qilib Buxorodagi qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida gapiradi. U ma’nan sindi” – Abdurahmon Tashanov, inson huquqlari faoli
Suhbatdoshlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hokim lavozimi strategik mavqega ega, Buxoro ham strategik hududlardan biri. Amaldor esa odob-axloq qoidalari, o‘zini tutish me’yorlariga puxta qarashi lozim. Bundan tashqari, xalq vakillari uyi hisoblangan – parlamentning bu voqeaga jim tomoshabin bo‘lishi – g‘alati. Hammasiga tizim aybdor, deydi ular.
“Balki uning hayotida travmalari bordir, oldin ishlagan joyi – bankda shunaqa muomala qilishgandir. Buxoroliklar o‘zaro qo‘polroq gaplashadi, degan sabab ham o‘zini oqlamaydi. Chunki nazokat bilan gapiradigan vodiylik hokimlarni ham ko‘rdik” – Abdurahmon Tashanov, inson huquqlari faoli
Suhbat yakunida ikki spiker ham hokimning chiqib xalqdan uzr so‘rashidan umidvorligini aytdi.
Suhbatni Kun.uz’ning YouTube’dagi sahifasida to‘liq tomosha qiling.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kuba prezidentlikka nomzodlar uchun 60 yosh chegarasini bekor qildi
Jahon | 18:49
-
Konsertdagi lavha yirik kompaniya rahbarining ehtimoliy xiyonatini oshkor qildi
Jahon | 18:48
-
Hamas urushni yakunlaydigan bitim talab qilmoqda. Isroil esa g‘azoliklarni ko‘chirmoqchi
Jahon | 18:40
-
Navoiy shahrini zaharli tutun qopladi. Odamlar nafas olish imkonsizligini aytmoqda
O‘zbekiston | 18:22
Mavzuga oid

12:33 / 11.07.2025
Buxoroda sifati kafolatlanmagan dorilar savdosiga chek qo‘yildi

09:54 / 09.07.2025
Buxoroda qutqaruvchilar tomonidan 9 kishining hayoti saqlab qolindi

20:42 / 06.07.2025
Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

20:13 / 04.07.2025