Toshkentdagi yirik bozorlarni ko‘p qavatli qilib qayta qurish taklif etildi

Foto: Gazeta.uz
Prezident yer o‘ta cheklangan sharoitda bor infratuzilmani vertikal o‘stirish orqali sanoat va savdoni rivojlantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
«Masalan, yirik bozorlarni qavat-qavat usulda kengaytirish, Yunusobod kichik sanoat zonasidagi binolarni 3-4 qavat qilib qayta qurish hisobiga qo‘shimcha maydonlarni hosil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi», – deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Vazirlar Mahkamasiga unumli foydalanilmayotgan davlat obektlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning o‘rnida sanoat va xizmatlarda yuqori daromadli ish o‘rni yaratadigan loyihalarni joylashtirish dasturini tasdiqlash topshirildi.
Ijtimoiy sohada xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish orqali ham ish o‘rinlarini yaratish mumkinligi ta’kidlandi.
Masalan, tumandagi 7-sonli shahar shifoxonasi uchun 200 o‘rinli yangi bino qurish cho‘zilib kelyapti. Yangi bino ishga tushsa, undan bo‘shaydigan 4,7 gektarda xususiy sheriklik asosida koreyalik investorlar 160 million dollarlik 420 o‘rinli zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika qurish tashabbusini bergan.
Mutasaddilarga shahar shifoxonasi qurilishini jadallashtirishga ko‘rsatma berildi.
- Bundan oldinroq prezident Toshkent shahrining Amir Temur shohko‘chasidagi sakkizta davlat idorasining eski binolarini rekonstruksiya qilish va savdo obektlari, ofis va yerosti avtoturargohiga ega mehmonxonalar qurish uchun tadbirkorlarga berishni taklif etgani xabar qilingandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

22:14 / 05.05.2025
Qo‘yliqdan reportaj: bozor tashqarisidagi noqonuniy deb topilgan do‘konlar buzilmoqda

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

10:02 / 16.04.2025
Toshkentdagi «Risoviy» bozori kimoshdi savdosiga qo‘yildi

12:07 / 11.04.2025