Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Rossiya bilan o‘tkaziladigan muzokaralarda 12 kishidan iborat Ukraina delegatsiyasi ishtirok etadi. Ularga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchilik qiladi. Rossiya delegatsiyasiga esa Putinning yordamchisi Medinskiy rahbarlik qilmoqda.

Foto: TASS
Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 15 mayga mo‘ljallangan muzokarlari juma, 16 may kuniga ko‘chirildi, deb xabar bermoqda TASS.
«Kommersant»ning yozishicha, Ukraina delegatsiyasi 15 may kuni Istanbuldagi Dolmabahche saroyiga yetib kelgan — uchrashuv aynan shu yerda o‘tkazilishi kerak.
Istanbulda 15 may kuni muzokaralar o‘tkazish tashabbusi Vladimir Putinga tegishli — u YeI davlatlari va AQShning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi chaqirig‘iga javoban ushbu taklifni bildirgandi. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada shaxsan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo Rossiya prezidenti muzokaralarga o‘z yordamchisi Vladimir Medinskiy boshchiligidagi delegatsiyani yubordi.
Zelenskiy Rossiya delegatsiyasi tarkibi «Moskvaning Istanbuldagi muzokaralarda jiddiy qaramayotganidan» dalolat berishini ma’lum qildi. Shunga qaramay, Ukraina prezidenti Donald Trampga hurmat yuzasidan uchrashuvga mudofaa vaziri Rustem Umerov boshchiligidagi delegatsiyani yuboradi. Shuningdek, Zelenskiy muzokaralarda ishtirok etadigan Ukraina delegatsiyasi tarkibini ham tasdiqladi. Undan quyidagi mas’ullar o‘rin oldi:
- Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa;
- Ukraian xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari Aleksandr Poklad;
- Tashqi razvedka xizmati raisining birinchi o‘rinbosari Oleg Lugovskiy;
- Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining o‘rinbosari Aleksey Shevchenko;
- Razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Vadim Skibitskiy;
- Havo kuchlari qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari Yevgeniy Shinkarev;
- Harbiy-dengiz kuchlari qo‘mondonligi shtab boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Dyakov;
- Qurolli kuchlar Bosh shtabi Markaziy yuridik boshqarmasining xalqaro va operatsion huquq bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Aleksey Malovatskiy;
- Qurolli kuchlar Bosh shtabi Bosh operativ boshqarmasining katta ofitseri Aleksandr Sherixov;
- Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni apparati protokol bo‘limi ofitseri Georgiy Kuzmichev;
- Ukraina prezidenti ofisi rahbari maslahatchisi Aleksandr Bevz.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan muzokaralarga boradigan RF delegatsiyasi tarkibini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmoyishni imzolagandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Real» – «Borussiya» o‘yinida drama: qo‘shimcha daqiqalarda uchta gol urildi
Sport | 11:26
-
“Sun’iy intellekt bizni ishsiz qoldirmaydi, lekin...” - AQShdagi o‘zbek tadqiqotchisi bilan suhbat
O‘zbekiston | 11:10
-
«PSJ» 9 kishi bo‘lib «Bavariya»ni klublar mundialidan chiqarib yubordi
Sport | 09:30
-
Farg‘onadagi “ot o‘yinlar”, o‘g‘irlangan bankir va poraxo‘r sudya - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 09:20
Mavzuga oid

23:25 / 05.07.2025
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi

21:41 / 05.07.2025
Ozarboyjon Rossiya bilan ziddiyat kuchayishini istamaydi – Erdo‘g‘an

18:31 / 05.07.2025
«Afg‘onistonda tinchlik va normal davlatchilik bo‘lishiga eng ko‘p intilayotgan davlat – O‘zbekiston» - Kamoliddin Rabbimov

11:48 / 05.07.2025