Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat qarori qabul qilindi: Toshkent havosi Dehli yoki Mumbayga aylanib qolmasligi uchun nimalar qilinadi?
Vazirlar Mahkamasining «Atmosfera havosiga transport vositalarining salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
Qarorga muvofiq, 2024 yil 1 iyundan boshlab barcha toifalardagi avtomototransport vositalaridan ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarining atmosfera havosiga zararli ta’siri bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan normativlarga mosligini nazorat qilish bo‘yicha «Ekologik transport» tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Unga ko‘ra, hududlar ulardagi atmosfera havosi bilan bog‘liq real ekologik holatdan kelib chiqib, ilg‘or xorijiy tajriba va innovatsion texnologiyalar asosida «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik zonalarga ajratib boriladi.
Transport vositalarining normativlarga mosligi darajasi avtomatik baholash tizimiga asosan diagnostik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra ularga qalbakilashtirishdan himoyalangan va elektron belgiga ega bo‘lgan ekologik stikerlar berish orqali «yashil», «sariq» va «qizil» ranglar bilan belgilanadigan «toza», «o‘rta» va «zararli» ekologik toifalarga ajratib boriladi.
Ekologik toifasi hududning ekologik zonasiga muvofiq bo‘lmagan transport vositalariga nisbatan ekologik kompensatsiya to‘lovlari joriy etiladi yoxud ulardan foydalanishni cheklash va taqiqlash choralari ko‘riladi. Undirilgan jarima to‘lovlari esa mamlakatning ekologik holatini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
«Ekologik transport» tizimi uchta bosqichda joriy etiladi:
- birinchi bosqichda (2024-2026 yillarda) — Toshkent shahrida;
- ikkinchi bosqichda (2026-2028 yillarda) — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda zaruratga ko‘ra alohida ekologik zonalarda (sayyohlik markazi, tabiat qo‘riqxonasi, sog‘lomlashtirish va dam olish maskani va boshqalar);
- uchinchi bosqichda (2028-2030 yillarda) — boshqa barcha hududlarda.
Avtomobillarni diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va natijasiga qarab elektron stiker berish hududlardagi YHXX bo‘linmalarida ro‘yxatga olish va qayta ro‘yxatga olish jarayonida bepul amalga oshiriladi. Ekologik stikerlarga ega bo‘lgan avtomobil egalari transport vositalarini bir yilda bir marotaba ixtiyoriy ravishda diagnostik tekshiruvdan qayta o‘tkazishi va elektron stiker olishi mumkin bo‘ladi.
Diagnostik tekshiruvdan o‘tkazish va elektron stiker berish jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- 2027 yil 1 yanvarga qadar — Toshkent shahrida;
- 2029 yil 1 yanvarga qadar — Nukus shahri va viloyatlar markazlarida hamda ekologik zonalarga ajratilgan alohida ekologik zonalarda;
- 2031 yil 1 yanvarga qadar — boshqa barcha hududlarda;
Shuningdek, shoshilinch va tezkor transport vositalari, jamoat transportidan barcha ekologik hududlarda hech qanday cheklovlarsiz foydalaniladi. Aholiga «zararli» toifadagi transport vositalarini «toza» toifadagisiga almashtirish uchun subsidiya berish tizimi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025