Qashqadaryoda kaliy zavodining zararli suvlari soyga oqizilayotgani ma’lum bo‘ldi

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tomonidan Dehqonobodda joylashgan Dehqonobod kaliy zavodi faoliyati o‘rganilganda qonunbuzilishi holatlari aniqlangan.
Tekshiruvda zavodda yer ostida hosil bo‘lgan sizot suvlarini tashqariga chiqarish uchun shaxta loyihasi asosida markaziy nasos stansiyasi qurilgani, loyihada esa suv tozalash inshooti ko‘zda tutilmagani oqibatida chiqindi suvlarning uchdan ikki qismi ruda changini bosish uchun ishlatilib, bir qismi to‘g‘ridan to‘g‘ri Tuyashsoyga tashlanayotgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yilda kon faoliyati uchun ishlab chiqilgan Ekologik oqibatlar bayonoti loyiha hujjatida hosil bo‘lgan shaxta suvlarini maxsus tuz saqlash hovuziga joylashtirish belgilangan bo‘lsa-da, amalda mazkur yer osti sizot suvlari soyga tashlanmoqda.
Mazkur suvlarning tarkibi korxonaga tegishli bo‘lgan markaziy laboratoriya tomonidan 2022 yil 17 avgust oyidan boshlab tahlil qilina boshlangan va natijalari qayd etib borilgan. Shuningdek, 2020 yilda o‘tkazilgan tekshirishda ushbu manbadan hosil bo‘lgan sizot suvlarni soyga tashlamaslik bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalarga amal qilinmagan.
Qayd etilishicha, yuqoridagi qonunbuzilishi holatlaridan kelib chiqib, Dehqonobod kaliy zavodiga 363 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovi belgilangan. Shuningdek, tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 18 banddan iborat majburiy ko‘rsatmalar berilgan.
Avvalroq, Olmaliq shahridagi xonadonlardan birida qonli suv oqqandi. Holat tekshirib ko‘rilganda qushxonadagi oqova suv va ichimlik suvlarining quvuri teshilib, o‘zaro qo‘shilib ketishi oqibatida aholi xonadonlaridan qonli suv tushgani aniqlangan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp 1 avgustdan Janubiy Koreya va Yaponiya tovarlariga 25 foizli bojlar joriy etilishini e’lon qildi
Jahon | 23:21
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57
-
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 22:49
Mavzuga oid

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025
Malayziya Qashqadaryoda kichik gidroelektr stansiyalarini quradi

19:16 / 20.06.2025