Qo‘shtepa tumaniga yangi hokim tayinlandi
2018 yildan buyon tumanga rahbarlik qilgan Ilyosbek Novikov ishdan ketgan.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Xalq deputatlari Qo‘shtepa tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etgan sessiyada lavozimidan ozod etilgan Ilyosbek Novikov o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Anvarjon Aliyevich Abdullayev nomzodi Qo‘shtepa tumani deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Anvarjon Abdullayev Qo‘shtepa tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Anvarjon Abdullayev 1982 yilda O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. 2004–2014 yillar davomida Qo‘qon shahar statistika bo‘limida, 2014–2022 yillarda Farg‘ona viloyati, O‘zbekiston va Dang‘ara tumani hokimliklarida mas’ul lavozimlarda, 2022–2023 yillarda esa Farg‘ona viloyati mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.
2023 yildan tayinlovga qadar viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Ilyosbek Novikov Qo‘shtepa tumaniga 2018 yil iyunida rahbar etib tayinlangandi.

2024 yil yanvar oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev 2023 yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytgan va bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirgandi. Bu hokimlar orasida Novikov ham bor edi.
O‘sha yig‘ilishda tanqidga uchragan Bag‘dod tumani hokimi Yusufjon Husayinov ham ishdan ketgan. Uning o‘rniga G‘anijon Soliyev tayinlangan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

17:33 / 02.07.2025
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

09:58 / 02.07.2025
Yakkabog‘ tumaniga yangi hokim tayinlandi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

14:37 / 17.06.2025