Xorazmda obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Xiva tumani obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul shaxslari qurilish materiallarini bozor bahosidan 571,8 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilgan.
Xorazmda qurilish materiallarini qimmat narxlarda xarid qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Xiva tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul shaxslari “A.Q.” xususiy korxonasi hamda “KN.G.” MChJdan qurilish materiallarini bozor bahosidan 571,8 mln so‘mga qimmat narxlarda xarid qilganliklari aniqlangan. Shuningdek, ushbu sub’yektlar tomonidan qurilish ishlarini amalga oshirishda rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali 56,1 mln so‘m o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq ehtiyojmand oilalar uchun qurilish materiallari sotib olishda katta miqdorda budjet mablag‘larini talon-toroj qilganlik uchun Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi mansabdorlariga ham jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi xavfi haqida ogohlantirdi
Jahon | 08:26
-
Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi
Jahon | 08:23
-
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Jahon | 08:13
-
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi
Jahon | 07:45
Mavzuga oid

18:31 / 24.02.2024
Xiva tumaniga yangi hokim tayinlandi

10:36 / 31.10.2021
Xivada o‘qituvchilar oyligidan majburan ushlab qolinayotgani aytildi. Rasmiylar buni rad etdi

14:07 / 13.08.2021
Xivada tadbirkorga to‘lov talabnomani yo‘qotishni va'da qilgan firibgar ushlandi

15:17 / 12.08.2021